Hojimurod Ibrohimov




Hojimurod Isroilovich Ibrohimov (1935.9.4, Toshkent) — kinorejissyor Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1983). "Oʻzbektelefilm" tashkilotchilaridan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). Oʻzbekiston televideniyesida rejissyor yordamchisi, rejissyor (1957—64), bosh rejissyor (1974—79). 1979-yildan Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor Eng yaxshi filmlari: "Jamila", "Yodgor", "Hyp qidirib" (ham spektakl, ham film rejissyor), "Tugʻilish" (3 qismli telepostanovka) va boshqalar Shuningdek, "Oybek", "Choʻl, qoʻlingni ber!", "Toshkent, 26-aprel 1966-yil", "Kuyla, Sanobar", "Yagona oilada", "Inson uchun", "Davr mening taqdirimda" (D. Salimov bilan hamkorlikda), "Mening Oʻzbekistonim" kabi hujjatli filmlar yaratgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1976).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz