Hojieva, Oydin




Oydin Hojiyeva [1942.22.4, Buxoro (hozirgi Navoiy) viloyati Qiziltepa tumani Boʻston qishlogʻi] — Oʻzbekiston xalq shoiri (1992). ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1965). „Sharq yulduzi“ jur.da adabiy xodim (1965), boʻlim boshligʻi (1971 — 76), „Saodat“ jur.da boʻlim mudiri (1976-85), „Gulxan“ jur. bosh muharriri (1985—94), „Milliy va ijtimoiy barqarorlik“ jamgʻarmasi raisi (1993—95). „Saodat“ jur. va uning ilovasi „Gulchehralar“ gazetasida bosh muharrir (1994-yildan).

Ijodi



Ilk kitobi — „Shabnam“ (1970). „Manzillar“ (1971), „Men sevgan qoʻshiq“ (1972), „Orzu guli“ (1974), „Tarovat“ (1976), „Dostonlar“ (1980), „Xushxabar“ (1983), „Mushfiq onajon“ (1983), „Chashmalarni izlayman“ (1986), „Tamal toshi“ (1988), „Ishonch yulduzlari“ (1989), „Koʻzimning oqu qorasi“ (1996), „Panohim“ (1998) kabi sheʼriy toʻplamlar muallifi. Ijodida inson qalbi kechinmalari xalqona ohanglarda oʻziga xos talqi-nini topgan („Navo“, 1977). Vatanga muhabbat, maʼnaviy poklik, til bilan dil rostligi, hayotning abadiy va unu-tilmas orzu-armonlari, inson matonati, xalqning beqiyos goʻzal, olija-nob qalbini kuylash, odamlarga munis, mehribon dardkash boʻlmoq istagi H. ijodining bosh mavzusi hisoblanadi. H. 90-yillarda ham vatan-parvarlik mavzuida turkum sheʼr va dostonlar yozdi („Dard“, „Ozod soʻz yolqinlari“, „Ziyorat“ va boshqalar). Badiiy ijodni ijtimoiy faoliyat bilan qoʻshib olib borgan shoiraning „Ruhimizga yongʻin tushmasin“, „Meni iztirobga solar bu oʻylar“, „Millatning qay-gʻusi nima?“ kabi publitsistik asarlarida til masalalari, oʻzbsj xotinqizlarining ogʻir dala mehnati muammolari aks etdi. Sh. Petefi, A.Mitskevich, R.Kazakova, M.Dilboziy, Gulruxsor, M.Abdulqosimova, F.Ungarsinova va boshqa shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Sheʼrlari rus, ukrain, qozoq, qirgʻiz, tojik, belorus, fransuz, ingliz va urdu tillarida nashr etilgan. Oydin Hojiyeva taniqli adabiyotshunos Ibrohim G'ofurov bilan turmush qurgan. Shoira 2023-yil 14-may kuni Toshkentda vafot etdi.

Mukofotlari



"O'zbekiston xalq shoiri" unvoni(1992).

"El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan (1999).

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz