Hojiakbar Rahmonqulov




Hojiakbar Rahmonqulov (kir. Ҳожиакбар Раҳмонқулов ; 9-fevral, 1925, Chimkent viloyati Sayram tumani — 17-iyul, 2013) — huquqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1990). Yuridik fanlari doktori (1970), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Adliya vazirligi boshqarmasida katta taftishchi (1950-51, 1956-57). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, shoʻʼba, boʻlim mudiri (1957—80, 1985—91), direktor (1991—97). Samarqand Davlat Universiteti kafedra mudiri (1980—85). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991). Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasida professor, 1999-yildan Toshkent yuridik institutida kafedra mudiri. „Jasorat“ medali bilan mukofotlangan (1994).

Hojiakbar Rahmonqulov 2013-yil 17-iyulida vafot etdi.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz