Hoji (ziyoratchi)




Hoji (arabcha: حَاج) — Makka shahrida haj amallarini bajargan musulmonga beriladigan faxriy unvon. Asosan kishining ismidan keyin qoʻshib ishlatiladi (masalan: Murod hoji, Akbar hoji). Baʼzi hollarda ism yoki familiya shaklida ham qoʻllanadi. Haj qilgan ayollar "hojja" (arabcha: حاجة) deyiladi.

Qoʻllanilishi



Arabistonda



Arab mamlakatlarida keng tarqalgan haj va hajja soʻzlari, hajga borgan yoki bormaganidan qatʼi nazar, keksa yoshdagi kishiga hurmat bilan murojaat qilish uslubidir.
Ushbu soʻz maqom yokida ulugʻ unvon emas

Bolqon davlatlarida



Bir paytlar Usmonlilar hukmronligi ostida boʻlgan Bolqondagi nasroniy mamlakatlarida (hozirgi Bolgariya, Serbiya, Gretsiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya va Ruminiyada) "hoji" atamasi Quddus va Muqaddas Yerga sayohat qilgan nasroniyga nisbatan qoʻllanadi.

Janubi-sharqiy osiyo



Malay tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda ham hoji va hojja soʻzlari haj amallarini bajargan kishiga nisbatan qoʻllanadi. Ular qisqa qilib, mos ravishda H. va Hj. belgisini ishlatishadi.

Eronda



Eronda armiya qoʻmondonlarining harbiy unvoni boʻlgan "Sardar"(General) oʻrniga, Hoji (حاج) atamasi qoʻllaniladi.

Kiprda



Kiprda ushbu unvon shunchalik koʻp tarqalganki, xatto baʼzi grek nasroniylarining familiyalarida ham qoʻllaniladi. Masalan Hojiziannu. Bining sababi Kipr Quddus va Muqaddas Yerga juda yaqin joylashgani va bir necha asrlar davomida bu yerdagi musulmon va nasroniylar oʻzaro aralashib yashaganligidir.

Irqiy kamsitishlar



Iroq urushi paytida amerikalik askarlar Iroq qoʻzgʻolonchilari va mahalliy arab aholisiga nisbatan "Hoji" jargon soʻzini ishlatgan, xuddi vetnamliklarga nisbatan "Charli" va " Viktor Charli " soʻzlarini ishlatgani kabi.

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz