Hoji Shahlo masjidi




Hoji Shahlo masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Şəhla məscidi) – Ozarbayjonning Boku shahri Balaxoniy qishlogʻida joylashgan XIV asrga oid tarixiy masjid.

Tarixi



Hoji Shahlo masjidi 1385–1386-yillarda Balaxoniy qabristoni hududida, baland tepalikda qurilgan. Vaqt oʻtishi bilan yodgorlik vayron qilib yuborilgan. Biroq 2017-yilga kelib masjidda yana restavratsiya ishlari boshlab yuborilgan.

Masjidning kirish eshigiga quyidagicha yozuv tushirilgan boʻlgan: „Bu Hoji Shahlo ibn Shokir ibn Mustafo Koshkiyning qasridir. 787-yil (1385-1386)“.

Kirish eshigiga tushirilgan ushbu bitikdan tashqari eshikdan sal narida yana bir arab yozuvi ham mavjud boʻlgan. Bunda masjid ustalarining nomlari tilga olingan. Ikki qatorli ushbu yozuvda: „Bu ustoz Orif bin ustad Muso Jibalning ishidir“ deya qayd etilgan.

Ushbu yozuvlarda yodgorlik masjid emas, balki qasr deb atalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz