Hoji muin Shukrullo o‘g‘li




Hoji muin Shukrullo oʻgʻli (1883.15.3, Samarqand - 1942.27.7, Rossiya, Perm viloyati Solikamsk shahri) — maʼrifatparvar, shoir. 1901-yilda haj safaridan qaytgach, maktab ochib, bolalarni oʻqitgan. Avval eski usulda, 1903—16 yillar yangi usulda muallimlik qilgan. Ilg’or jadid muallimi sifatida tanilgan. "Rahnamoi savod" alifbe darsligini yozgan (1908). "Samarqand" gazeti va "Oyna" jurnalida ishlagan (1913—15). Rossiyada mardikorlikda boʻlgan (1916—17). Samarqandga qaytgach, "Hurriyat" (1917— 18), "Mehnatkashlar oʻqi", "Mehnatkashlar tovushi" (1918—22), "Zarafshon" (1922 — 26), "Ovozi tojik" (1926-29) gazetalari, "Tayoq" (1919), "Mashrab" (1922—26), "Mushfiqiy" (1926—29) jurnallarida ishlagan. 1929-yilning 29-sentabrdan 3 yil Sibirda surgunda boʻlgan. Surgundan qaytgach, Oʻzbekiston davlat nashriyotining tojik boʻlimida adabiy xodim (1932— 34), "Qizil Yulduz" gazetasining muxbiri (1934-37). 1938-yil 24-yanvarda nohaq hibsga olinib, NKVD qoshidagi uchlik hukmi bilan 10 yilga qamalgan. Hukmni oʻtash chogʻida halok boʻlgan.

H. Muinning ijodi 1900-yillardan sheʼrlar yozish bilan boshlangan. "Nahif" (Ojiz), "Mehriy" taxalluslari bilan anʼanaviy mavzularda sheʼrlar yozgan. 1908-yilda ijodiy qarashlarida keskin burilish boʻlib, M. Behbudiy taʼsirida maʼrifatparvarlik ruhida sheʼrlar va publitsistik maqolalar yoza boshlagan. "Guldastai adabiyot" (1914), "Yangi adabiyot" (1915) sheʼriy toʻplamlarini chop ettirgan. Fitratning "Munozara" asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan (1913). turkiston matbuotida publitsistik maqolalari bilan faol qatnashgan. 1914-yilda Nusratullo Qudratullo oʻgʻli bilan "Toʻy" pyesasini yozgan va chop ettirgan. "Toʻy" M. Behbudiyning "Padarkush"idan keyin sahnalashtirilgan 2-oʻzbek pyesasidir. "Eski maktab — yangi maktab", "Koʻknori", "Mazluma xotin" pyesalarini yozib, ularni alohida kitob holida chop ettirgan (1915).

As.; Tanlangan asarlar, T., 2005.

Adabiyot




Rustam Tojiboyev.

uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Hoji Muin Shukrullo o‘g‘li haqida batafsil ma'lumot taqdim etaman.

Hoji Muin Shukrullo o‘g‘li — O‘zbekistonda taniqli tarixiy shaxs, odatda diniy va ma'rifiy faoliyati bilan tanilgan. U zamonida o‘zining yuksak bilimga ega olim va diniy rahbar sifatida hurmatga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u o‘z faoliyati davomida islom ta’limotini yoyish, yoshlarni tarbiyalash va jamiyatda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash bilan shug‘ullangan.

Ammo, agar siz aynan qaysi hoji yoki qaysi davrda yashagan shaxs haqida ma’lumot so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, qo‘shimcha ma’lumot kiritsangiz, yanada aniq va to‘liq ma’lumot bera olaman.

Agar sizning qo‘lingizda uning asarlari, tarjimai holi yoki boshqa manbalar bo‘lsa, ularni ham taqdim qilsangiz, men sizga ular asosida yanada batafsil ma'lumot berishga tayyorman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz