Hoji Heybat masjidi




Hoji Heybat masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Heybət məscidi) – XVIII asrga oid tarixiy masjid, Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Kichik Gala koʻchasida joylashgan.

Tarixi



Hoji Heybat masjidi 1791-yilda (hijriy 1206) meʼmor Hoji Haybat Amir Ali oʻgʻli tomonidan qurilgan.

Arxitekturaviy xususiyatlari



Hoji Heybat kichik masjidlardan boʻlib, bir qator mahallalar orasida joylashgan. Qurilish rejasiga koʻra masjid toʻrtburchak shaklda boʻlib, binoning ichki qismida toʻrtburchak shakldagi vestibyul, xizmat koʻrsatish xonasi va namoz oʻqiydigan alohida xona mavjud.

Masjid arxitekturaviy jihatdan mahalliy uslubda qurilgan boʻlib, tosh gumbazlar va qirrali ravoqlardan tashkil topgan. Binoning kirish qismi nisbatan soddaroq koʻrinishda boʻlib, aynan shu yerda Qur’on mavzulariga bagʻishlangan toj, epigrafik yozuvlar hamda yodgorlik meʼmori haqidagi maʼlumotlarga guvoh boʻlish mumkin. Masjidning ichki qismidagi burchaklardan biriga yodgorlik meʼmori va uning rafiqasi qabri joylashtirilgan.

Galereya



Masjidning turli tomondan koʻrinishi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz