HOJI — haj marosimlarini to’la- to’kis bajargan shaxsning unvoni. Hajga borgan kishilar nomiga Hoji so’zini qo’shib aytish odat bo’lgan (masalan, Ahmad hoji, hoji buva, hoji ota, hoji ona hokazolar). Ayrim hollarda Hoji so’zi ism oldidan aytiladi. Hoji — biror imtiyoz beradigan mansab yoki lavozim emas. U kishiga jamoada kamtarin, taqvodor, husni xulq bo’lib yurish mas’uliyatini yuklaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish