Hof van Savoye




Xof van Savoye (Savoy sudi) yoki Avstriyaning Margaret saroyi Belgiyaning Mechelen shahrida XVI asr boshlarida qurilgan bino. Bu Shimoliy Yevropadagi Uygʻonish davrining birinchi binolaridan biri edi. Bino oʻzining manzarali ichki bogʻi bilan ham tanilgan.

Tarixi



Niderlandiya gubernatori Avstriya archgersoginyasi Margaretga Korte Maagdenstraatda (Virgins Short Street) joylashgan uy berildi, lekin u uni juda kichik deb topdi va 1507-yilda kengayish kampaniyasini boshladi. Margaret oʻzining jiyani, keyingi Muqaddas Rim imperatori Charlzni oʻz saroyida tarbiyalagan va u 1530-yilgacha bu saroyda yashagan(vafotigacha).

Tarixchi Erik Ives saroyning ichki hovlisi va janubiy qanotini tasvirlaydi.Ehtimol Anna Boleyn uni Margaret saroyida tarbiyalanganida koʻrgan boʻlsa kerak. Saroy 1530-yillarda Anna uchun qayta qurilgan Uaytxoll saroyi uchun namuna boʻldi.

1546-yilda porox zahirasini saqlaydigan shahar darvozasi Zandpurning(qum darvozasi) portlashi saroyga tuzatib boʻlmas zarar keltirdi. 1561-yilgacha u shaharga tegishli edi. Oʻsha yili u Mechelenning birinchi arxiyepiskopi va Filipp II ning oʻng qoʻli Granvellening qarorgohi sifatida yangi nom oldi.

1609-yilda bino shahar tomonidan qaytarib sotib olindi va 1616-yildan 1795-yilgacha Niderlandiya Buyuk Kengashining shtab-kvartirasi boʻlib xizmat qildi.

Xof van Savoye Gerechtshof (Adliya sudi) deb nomlandi, chunki unda quyi sudlar (Jinoyat va Fuqarolik sudi, Tinchlik sudi va Politsiya sudi) ham birgalikda joylashgan.

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar



„Paleis Margaretha van Oostenrijk (ID: 3472)“ (Dutch). De Inventaris van het Bouwkundig Erfgoed. Vlaams Instituut voor het Onroerend Erfgoed (VIOE). Qaraldi: 19-sentyabr 2011-yil.

„Keizerstraat (ID: 13738)“ (Dutch). De Inventaris van het Bouwkundig Erfgoed. Vlaams Instituut voor het Onroerend Erfgoed (VIOE). Qaraldi: 19-sentyabr 2009-yil.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz