Hodi Fayzi




Hodi fayzi (1895, Avliyoota — 1937) — maʼrifatparvar. Boshlangʻich taʼlimni qishloq maktabida olgan, soʻngra Ufadagi Gʻoliya yangi usul madrasasida oʻqigan. 1910-yil Turkistonga kelib maʼrifatparvarlik faoliyati bilan shugʻullangan. Turkiston oʻlkasi qishloq va shaharlarida oʻqituvchilar tayyorlash kurslarini ochgan. 1917-yilgacha "Ozod" gaz. muharriri. Mahalliy millat vakillaridan oʻqituvchilar tay-yorlaydigan Qoʻqon xalq universitetini tashkil etishda qatnashgan (1918), shu universitet oʻqituvchisi, "Xalq gazetasi" muharriri. Skobelev (Fargʻona) shahrida viloyat oʻqituvchilar kurslarini tashkil etgan, mat.dan dars bergan (1919). Maorif institutida mat. oʻqituvchisi (1920). 1921—22 yillarda partiya ishlarida. Moskvadagi oʻzbek talabalari oʻqiydigan "Buxoro maorif uyi" direktori. H.F. Oʻzbekistonda nashriyot ishi taraqqiyotida faol qatnashgan. 1937-yil dekabrda qatagʻon qilingan. Iqtisodiyot nazariyasi va tarixga oid asarlar yozgan. 1956-yil oqlangan. Samarqand shahridagi koʻchalardan biriga nomi berilgan.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz