Howard Florey




FLORI (Florey) Xouard Uolter (1898. 24.9, Adelaida, Avstraliya — 1968.21.2, Oksford) — ingliz patologi; London qirollik jamiyati aʼzosi (1941), prezidenti (1960—65). Adelaida universitetini tugatgan (1921); Sheffild universiteti (1931 —34) va Oksford instituti (1935 —62) professor Oksford Qirollik kolleji rektori (1962—68). Ilmiy faoliyati kapillyar qon aylanishi patologiyasi, yalliglanish jarayonlari, limfotsitlar funksiyasi, lizotsim va antibiotiklarga oid. F. ilk bor penitsillinni odam va hayvonlarni davolashda qoʻllagan (1940). Nobel mukofoti laureati (1945, A. Fleming va E. Cheyn bilan hamkorliqda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz