Hülya Koçyiğit
Hülya Koçyiğit (1947-yil 12-dekabrda tugʻilgan) – turk aktrisasi. Turk kinosining taniqli ayol aktrisalaridan biri boʻlgan, u xalqaro kinofestivallarda, jumladan Antaliya Oltin apelsin kinofestivalida koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. Hammasi boʻlib Turk kino sanatida 180 ga yaqin filmlarda rol oʻynagan.
Hayoti
Koçyiğitning otasi Bolgariyadan kelgan turk muhojiri boʻlgan. Istanbulda oʻsgan va oʻrta taʼlimni Anqarada tamomlagan, u yerda Otaturk nomidagi Qizlar oʻrta maktabida oʻqigan. Oʻrta taʼlimda oʻqib yurgan davrida Istanbul shahar teatriga kiradi. Keyin Anqara Davlat sanʼat akademiyasining sanʼat boʻyicha taʼlim boʻyicha balet yunalishga oʻqishga kiradi.
Koçyiğit 1963-yilda Ses (soʻzma-soʻz: Ovoz) jurnali tomonidan oʻtkazilgan goʻzallik tanlovida ikkinchi oʻrinni egallagan, keyinchalik kino sanatiga kirishga qaror qilgan. Uning debyut filmi 1964-yilda 14-Berlin xalqaro kinofestivalida „Oltin ayiq“ mukofotiga sazovor boʻlgan "Susuz yoz" ("Quruq yoz „) boʻldi. Bu tarif turk filmiga berilgan birinchi tarif boʻlgan. Derman, u rol ijro etgan filmi besh qitʼada koʻrilgan birinchi turk filmi edi. Uning yana bir mashhur filmi “Qurbagʻalar" xalqaro televideniyelarga sotilgan ilk turk filmi boʻlgan. 1991-yilda „Turkiya xalq artisti“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Koçyiğit bilan hamkorlik qilgan mashhur rejissyorlar: Lütfü Akad, Atif Yilmaz, Sherif Goʻren, Metin Erksan, Orxan Aksoy, Memduh Ün, Ertem Eğilmez, Usmon F. Seden, Halit Refig va shu kabi koʻplab rejissyorlar bilan ishlashgan
Koçyiğit eng koʻp milliy va xalqaro mukofotlarni qoʻlga kiritgan turk aktrisasi va turk kumush ekranining eng tan olingan yuzi boʻlgan. Uning 1965-yildan 1974-yilgacha boʻlgan filmlaridagi rollari, uning bu ijrosi kino tomoshabinlarini hayratda qoldirgan. Jazoir, Gretsiya, Eron, Livan kabi koʻplab mamlakatridagi muxlislari qalbida unitilmas boʻlib qoladi.
2009-yilda Amerikaning mashhur serialaridan bir boʻlgan "Oltin qizlar" suratga tushgan. Serialda Bea Artur rolni oʻynagan.
1968-yilda Fenerbahche SK futbolchisi Selim Soydanga turmushga chiqdi. Ular oradan vaqt oʻtib Gulshah ismli qizi farzandli boʻlishadi.
Filmografiya
Seriya
Filmlar
Mukofotlar
Mahalliy festival mukofotlari
Xalqaro kino mukofotlari
Xorijiy filmlar festivali chiqishlari
Film festivali namoyishlari
Manbalar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org