Hülya Avşar




Hülya Avşar (1963-yil 10-oktyabrda tugʻilgan, Balıkesir) – turk aktrisasi, qoʻshiqchi va boshlovchi.

Biografiyasi



Avşar – Edremitda Emrol va Jalol (Ello)larning oilasida toʻngʻich farzandi boʻlib dunyoga kelgan. Uni oilasini kurdchada „malakan curri“ deb atashardi. Bu nom „sargʻish“ degan maʼnoni anglatadi. Avşarning kelib chiqishi ona tomondan Baliqesirdan, ota tomondan esa Ardaxonning Hasköy shahridan boʻlgan . Hulya Avşar, Avşar-Pirebat kurd qabilasiga mansub. Avşarning otasi Jalol Kurd onasi Emral asli turk oilasidan hisoblanadi. Onasi tomon yoruk va kritlik muhojir, tomon esa Qayseri-Pinarboshidan Qars-Ardaxonga koʻchib kelgan kurd turkman qabilasidandir.

Uning ilk qadami Bulvar gazetasi tomonidan tashkil etilgan „Kâinat Güzellik“ tanlovidan boshlangan(1983), ammo turmushga chiqqanligi maʼlum boʻlgach, toji qaytarib olindi. 1983-yil Avşar hayotida sezilarli burilishlar davri boʻlgan. U oʻz karyerasini "Haram" filmi bilan boshlagan va bu filmda bosh rolni Fikret Xoqon va Solih Güney lar bilan birgalikda ijro etgan.

Oʻz faoliyatini musiqiy taʼlim olgandan soʻng, musiqiy asarlar yaʼni oltita albom va musiqa bilan davom ettirgan. 1995-yilning soʻnggi kunlarida chiqargan "Yarasi Saklım" albomi bilan davrga oʻz izini qoldirdi. "Bu Gece Uzun Olacak" nomli qoʻshigʻi uning debyut klipi edi. Albomdagi uchinchi klip Suat Suna qoʻshigʻi boʻlgan "Sensiz Kaldim" qoʻshigʻi uchun suratga olingan. Qoʻshiq yuqori baholangan va koʻpchilik tomonidan Avşar aytgan eng yaxshi qoʻshiq deya tan olindi. Uning „Yarası saklım“ albomi 1,1 million nusxada sotilgan va bu uning faoliyatidagi eng koʻp sotilgan albomga aylanagn. Hulya Avşar 90-yillarning eng koʻp tilga olingan ismlaridan biri boʻldi.

U 1998-yilda chiqqan "Hayat Böyle" albomi bilan musiqa sahnasidagi oʻrnini mustahkamlagan. Oʻsha yili Serdar Ortaçning "Aradın Mı" qoʻshigʻi bilan har yerda tinglandi. Qoʻshiqning klipi yoqqanidan soʻng, "Aradın Mı" Xulya Avşarning"Bu Gece Uzun Olacak" dan keyingi eng mashhur qoʻshigʻiga aylandi. Albomdagi ikkinchi klip "Ah Be Güzelim" qoʻshigʻi uchun suratga olingan. Sanʼatkor ham ushbu qoʻshiq bilan muvaffaqiyatga erishdi. 2002-yilda soʻzi va musiqasi Sezen Aksuga tegishli „yar senin derdin ne“ qoʻshigʻini, soʻzi va musiqasi İlhan Şeshenga tegishli „Aşıklar Delidir“ albomini chiqardi. Gülşen tomonidan yozilgan „Alnının“ musiqasi 2002-yilda radioda eng koʻp eshittirilgan qoʻshiqlardan biriga aylangan. Hülya Avşar shousining umumiy musiqasi sifatida İlhan Şeşen tomonidan yozilgan „Delilerin Delisi“ qoʻshigʻiga videoklip suratga olingan.

2000-yilda u Kral TV tomonidan tashkil etilgan yilning musiqiy mukofotlarida eng yaxshi ayol qoʻshiqchi mukofotiga sazovor boʻldi. Hülya Avşar teledastur bilan bir vaqtda ijro etgan bir kishilik teatr spektaklidan tashqari reklama roliklarida rol ijro etgan, shuningdek, hali ham oylik „ Hülya“ jurnalining muharriri sifatida faoliyat yuritadi.

2001-yilda oʻz nomi bilan nomlangan Hülya Avşar by H brendiga asos solgan. U doimiy kiyadigan oddiy qora va oq futbolkalar uning www.byh.com.tr veb-saytida sotuvga qoʻyilgan. Sport va tennisga boʻlgan ishtiyoqi bilan tanilgan Avşar 2001-yildan beri oʻzining nomi ostida yaratilgan „Hülya Cup“ tennis turnirini uyushtirib, topgan daromadi bilan taʼlimni qoʻllab-quvvatlab, bolalarga stipendiya va tennis imkoniyatlarini yaratib kelmoqda.

Shaxsiy hayoti



U birinchi turmushini 1979-yilda Mehmet Tecirli bilan qurgan va ikki yil davomida birga yashagan. Uning Kaya Çilingirogʻlu bilan turmushidan Zehra (1998-yilda tugʻilgan) ismli qizi bor. Er-xotin 2005-yilda ajrashishgan. U "Beshiktosh" ning ashaddiy muxlisidir. Kaya Chilingirogʻlu bilan ajrashgach, bir muddat tadbirkor Sadettin Saran bilan birga boʻlgan. Uning onasi Emral Avşar 2009-yil 6-fevralda saraton kasalligidan vafot etgan. 2009-yil 24-25-avgust kunlari "Milliyet" gazetasida chop etilgan intervyusida kurd tashabbusi haqida oʻz fikrlarini bildirganidan soʻng, unga nisbatan Bakırkoʻy Bosh prokuraturasi tomonidan „Halkı kin, nefret ve düşmanlığa tahrik ettiği“ (Xalqiga nisbatan nafrat va adovat hissini uygʻotgan kishi) degan sabab bilan tergov ochilgan. Tergovni olib borayotgan prokuror Avşarni jinoiy javobgarlikka tortmaslikka qaror qildi.

Diskografiya



Albomlar




Qoʻshiqlari




Video kliplari




Filmografiya



Rol oʻynagan seriallar/koʻrsatuvlari:




Bosh rollarni ijro etgan filmlar




U sudya yoki boshlovchi boʻlgan teledasturlar:




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz