Hélène Joy




Hélène Joy -(talaffuzi:Helen Joy;) Avstraliyalik aktrisa. U Durham okrugi va Merdok sirlari teleseriallaridagi rollari bilan koʻpchilik eʼtiboriga tushgan.

Hayoti va ijodi



Joy Avstraliyaning Pert shahrida tugʻilib oʻsgan. Pertdagi Kyudeyl oʻrta maktabida aktrisalik faoliyatini boshladi. Keyinchalik u yoshlar teatri jamoasi bilan Yevropaga gastrol uyushtirdi. Joy Pertdagi Gʻarbiy Avstraliya sahna sanʼati akademiyasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Lekin undan oldin Kertin universitetida teatr mutaxassisligi boʻyicha bir yil ishladi va shu yerda aktyorlik diplomini oldi. U akademiyaning eng yaxshi ijrochisi b’lganligi uchun Leslie Anderson mukofotiga sazovor boʻldi.

Faoliyati



Televideniya va kino



Joy Avstraliya teleseriallarida kichik rollarni ijro etgan:"Snowy River: The McGregor Saga" (1996), Water_Rats(1996–97), Big Sky (1997) va Stingers (1999) Uch yildan soʻng, yigitining iltimosiga koʻra u Vancouver, Britaniya Kolumbiyasidan, Kanadaga koʻchib ketdi.

Vancouverga kelganidan soʻng, Joy "First Wave „ (2000), “The Outer Limits" (2001), "The Chris Isaak Show" (2002) va "The Twilight Zone „ (2002) kabi shoularda ish boshladi. 2003-yilda u qisqa muddatli CBC telekoʻrsatuvida “An American in Canada" (2003–04) filmida Judy Surgick rolini oʻynadi. 2005-yilda u "Desolation Sound" badiiy filmida suratga tushgan.

2007-yil Rojdestvoda Joy CBC telekanali uchun Brian Cox bilan roʻbaroʻ boʻlgan "Şelkunçik siri" baletining fantastik musiqiy film koʻrinishida paydo boʻldi. Joy 2008-yilda Hallmark uchun Jaklin Bisset bilan "An Old Fashioned Thanksgiving" filmida rol oʻynagan.

Joy boshqa dasturlar qatorida Heartland, Rookie Blue (2011), Republic of Doyle (2012) va The LA Complex (2012) da mehmon sifatida Ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti



Joy Avstraliyani tark etdi va yigitining ortidan vatani Vankuverga ketdi. U vegetarian edi va dam olish paytida butun dunyo boʻylab sayohat qilishni yaxshi koʻradi. Joy Avstraliyada koʻchmas mulk agenti sifatida oʻqigan va litsenziyaga ega; keyinchalik mulkni rivojlantirish bilan shugʻullangan.

Joy 2021-yil dekabr oyining oxirida Harrison Joy ismli qizni dunyoga keltirdi.

Manbalar




Yana qarang




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz