Hj




Vodorod yodid , HJ - vodorod bilan yod birikmasi: rangsiz, havoda tinmay tutaydigan boʻgʻuvchi gaz; qaynash temperaturasi —35,4°, suyuqlanish temperaturasi — 50,9°, zichligi 2,86 g/sm3, yuqori temperaturada parchalanib, vodorod bilan yodga ajraladi. Suvdagi eritmasi yodid kislota deyiladi. U juda kuchli kislota va qaytaruvchidir; havoda oson oksidlanib, yod ajratib chiqaradi. Sanoatda 500° da vodorodni katalizator (platina) ishtirokida yod bilan biriktirib, lab.da esa fosfor yodidni gidrolizlab olinadi. V. y. yodidlar tayyorlashda, organik sintezda qaytaruvchi sifatida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz