Hitesh Sharma




Hitesh Sharma (1997-yil 25-dekabrda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasi klubi „Haydarobod“ va Hindiston terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati



Sharma yoshlik faoliyatining asosiy qismini Tata futbol akademiyasining bir qismi sifatida oʻtkazdi. 2015-yilda u Sharma akademiyani tugatdi va I-liganing Mumbay klubi bilan shartnoma imzoladi. U Shillong Lajongga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida klub uchun zaxira oʻrindigʻidan maydonga tushdi va klubdagi ilk professional debyutini amalga oshirdi.

Sharma 2016-yilning 5-martida Salgaokarga qarshi oʻyinda klub uchun professional ikkinchi oʻyinini oʻtkazdi . Umum hisobda, Hitesh Sharma 3 marotaba Hindiston milliy terma jamoasi safida maydonga tushgan, lekin biror marta gol ura olmagan. Hitesh Sharmaning klublardagi oʻyin faoliyatiga toʻxtalganda ham Hitesh Sharma butun boshli 7 ta mavsumda ham bironta gol ura olmagan. Hitesh Sharma oʻz faoliaytida jami hisobda (2022-yil 24-yanvar holatiga koʻra) 74 marta xalqaro va klublar oʻrtasidagi oʻyinlarda maydonga tushgan. Xususan, 3 marta Hindiston milliy futbol terma jamoasi safida, 71 marotaba klublardagi faoliyati davomida (xususan, 25 marotaba Haydarobod klubi safida Hindiston Superligasida, 34 marotaba ATK jamoasi safida va 12 marta Mumbay jamoasi safida maydonga tushgan) maydonga tushgan, lekin bironta ham gol ura olmagan. Lekin Hitesh Sharma ATK jamoasi safidagi 4 ta oʻyinda uchrashuvning eng yaxshi futbolchi unvoniga sazovor boʻlgan.

Karyera statistikasi



Klub



2022-yil 24-yanvar holati[4]

2022-yil 24-yanvar holati[5][6]

Yutuqlari



Hindiston

Mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz