Hisor tumani
Hisor tumani (tojikcha: шахри Ҳисор) — Tojikistondagi respublikaga boʻysunuvchi tumanlarning biridir. Dushanbe shahridan 26 km gʻarbda joylashgan Maʼmuriy markazi - Hisor shahri. 1932-yilning 29-yanvarda tashkil topgan. 1939-1951 yillarda Stalinobod viloyati tarkibida boʻlgan.
Geografiyasi
Hisor tumani Hisor vodiysida joylashgan. Shimolida Sugʻd viloyatining Ayniy tumani, gʻarbida Shahrinav tumani, janubda Rudakiy tumani, sharqda Varzob tumani bilan tutashgan. Hisorning shimolidan janubiga Xonaqa daryosi (tojikcha: Хонақоҳ) kesib oʻtadi.
Tarixi
1959-yilning 26-noyabrida tugatilgan Shahrinov tumani hududining bir qismi Hisor viloyatiga qoʻshib olindi..
Tojikiston Respublikasi hukumatining qarori bilan 2016-yilning 2-fevralidagi Tojikiston Respublikasining Oliy Majlisi
Milliy Kengashining 2016-yil 3-martdagi 204-sonli qarori bilan Hisor shahri butun Hisor tumani bilan birga Hisor shahri maqomi bilan taqdirlangan.
Aholisi
2016-yil 1-yanvar holati boʻyich aholi soni 280,6 ming kishini tashkil qildi. Shahar aholisi —Hisor (27,4 ming) va Sharora (12,9 ming) – 14,5 foizini yoki 40,3 ming kishini tashkil qiladi..
Manbalar
uz.wikipedia.org