Hisor arvohkapalagi




Hisor arvohkapalagi (Acosmeryx naga hissarica) — bu tungi kapalak arvohkapalaklar (Sphingidae) oilasiga mansub boʻlib, kobra arvohkapalagining kichik turiga kiradi.

Tavsifi




Bu yirik kapalak, viqorli, tanasi uchi va kalta qanotlari oldinga boʻrtib turganligi bilan xarakterlanadi. Qanoti yoyilganda 82-103 mm.ni tashkil etadi. Asosiy tepa qanoti jigarrang-qoʻngʻir tusda boʻladi.

Old qanotining tepa qismi marmar naqshning oʻxshashligini yaratadigan to'q jimjimador chiziqlar mavjud. Qorin boʻshligʻiga uni oʻrab turgan  quyuq koʻndalang egri chiziqlar oʻtadi. Orqa qanotlari asosan monoxromatik boʻlib, tashqi chetida biroz koʻrinadigan to'qroq chiziqlar mavjud. Mo'ylovlari qayrilma boʻlib, uchli va ilgak shakli bilan ajralib turadi. Koʻzlari katta, yumaloq, yuqoridan bir nechta choʻzilgan tangachalar bilan qoplangan. Xartumi odatda juda uzun, tananing uzunligidan bir necha baravar ziyoddir.

Tarqalishi



Hisor tizmasining endemik kenja turilari. U quyidagi mamlakatlar hududini oʻz ichiga oladi: Oʻzbekiston, Tojikiston janubi va Afgʻoniston).

Oʻzbekistonda Omonqoʻton qishlogʻi yaqinida, Jinnidaryo, Saygʻus (Zarafshon tizmasi), Toʻpolondaryo, Sanggardak(Hisor tizmasi) daryolari vodiylarida yashaydi. Dengiz sathidan 1100-1600 metr balandlikdagi oʻrmonli va butazorli vodiylarda yashaydi.

Yashash tarzi



Yiliga bir marta toʻla va bir marta qisman nasl beradi. Birinchi uchishi va tuxum qoʻyishi – aprel–mayda (tunlari), ikkinchisi – avgust–sentyabrda. Qurtlari yovvoyi tokda (Vitis vinifera), ba’zan madaniy tokzorlarda (Ampelopsis vitifolia) iyun-iyul va sentyabr–noyabrda rivojlanadi.

Qurtlari juda yirik, besh juf oyoqlari boʻladi. Uning rangi yorqin, xuddi koʻz shaklidagi dogʻlari va egri yoʻl-yoʻl chiziqlari mavjud. Qurtning orqa tomoni och yashil, yon va qorin tomoni koʻk-yashil; yon tomonlar boʻylab och chiziq oʻtadi, yorqin egri yoʻl-yoʻl chiziqlar 3-10 segmentda joylashgan. Qurtlarning ozuqa oʻsimliklari: Vitis, Ampelopsis, Actinidia, Saurauia. Ular yuqori nam joylarda tuproqning yuqori qatlamida gʻumbaklaydi. Gʻumbaklarning birinchi nasli qisman va ikkinchi nasli toʻliq qishlaydi.

Muhofaza etish



Tur Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan (2009 y.) - 2-toifa - Zaif turlar (soni kamaygan, tabiiy ravishda kam uchraydi).

Mamlakat hududida ularning soni hamma joyda kam - bu tur kichik bir necha topilmalardan ma’lum. Qurtlar (yovvoyi uzum, uzumzor)ning tabiiy yashash joylari va ozuqa oʻsimliklarining yoʻq qilinishi oqibatida kamayib bormoqda.

Maqomi



2(VU:R): Janubi-sharqiy Paleartika turining zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Janubiy Turkiston kenja turi.  

Cheklovchi omillar 



Daraxt va butalarning kesib tashlanishi, ozuqa oʻsimligining yoʻq qilinishi. 

Koʻpayishi 



Koʻpaytirilmagan

Muhovaza choralari 



Kitob qoʻriqxonasida muhofaza ostiga olingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz