Hirovul




Hirovul (moʻgʻulcha — yakkalanmoq, uzoqlashmoqdan) — ilgʻor qism, avangard. Amir Temur yurishlariga oid forsiyda bitilgan tarixiy manbalarda qayd etilgan. Eski oʻzbek tili man-balarida H.ning irovul (eravul) fo-netik varianti ham mavjud boʻlib, u "Boburnoma" va Abulgʻoziyning "Sha-jarayi turk"ida ishlatilgan. H.bir qator obidalarida boshqa bir moʻgʻulcha manglay (mangʻliy) atamasi bilan al-mashingan. Jangovar tartibga binoan H. lashkarning peshravi (avanposti) qorovullan keyin, yaʼni markaz gʻuldan oldin, oʻng qanot (barangʻar) va chap qanot (juvangʻar) oraligʻida hara-kat qilgan. H.ga janglarda suyagi qotgan, tajribali, bahodir jangchilar jalb etilgan, atoqli sarkardalar qoʻmondonlik qilgan. Sohibqiron qoʻshinida asosiy, bosh H. qatori oʻng qoʻl va soʻl qoʻlning ham H.i mavjud boʻlgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz