Hiroshi Ibusuki




Hiroshi Ibusuki (1991-yil, 27-fevralda tugʻilgan) — yaponiyalik proffesional futbolchi, Adelaide United klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Chibaning Nagareyama shahrida tugʻilgan Ibusuki yoshlik yillarini Kashiwa Reysol akademiyasida oʻtkazgan. 2009-yil, 2-yanvarda hali 18 yoshga toʻlmagan Ibusuki Ispaniyaning Girona klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U Segunda divizionidagi debyutini 19-aprelda oʻtkazdi va Estadio Jose Rico Perezda Hércules CF klubiga safarda 0:3 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda oʻn daqiqa oʻynadi.

Ibusuki keyingi ikki mavsumni Real Saragosa B (Tercera División) va CE Sabadell FC (Segunda División B) klublarida ijara asosida oʻtkazdi. UE Lleida klubiga qarshi oʻyinda (0:0) klub safidagi debyutini oʻtkazdi. Afsus, u kataloniyaliklarning yuqori ligaga koʻtarilishlariga katta hissa qoʻshgan boʻlardi, u yangi klubi safida 26 oʻyinda maydonga tushib, oʻnta gol urdi.

2011-yil yozida Ibusuki La Liganing Sevilla klubiga qoʻshildi, ammo birinchi mavsumining katta qismini zaxirada oʻtkazdi. 2012-yilning 21-yanvarida u Real Betisga qarshi safar derbisining 83-daqiqasida Alvaro Negredo oʻrniga zaxiradan maydonga tushib, asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi.

Keyinchalik, Ibusuki K.A.S. Eupen va Valencia CF Mestallani himoya qildi. 2014-yilda u oʻz vataniga qaytib, avval Albirex Niigata klubi, keyin JEF United Chiba klubida futbolchilik faoliyatini davom ettirdi.

2022-yil yanvar oyida Ibuski A-League Men klubi Adelaida United bilan shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutidagi ilk golini 2022-yil, 15-yanvarda klub bilan shartnoma imzolaganidan bir kun oʻtib urgan.

Xalqaro faoliyati



2010-yil, 17-sentyabrda Sabadell Ibusuki Yaponiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynash uchun chaqirilganini eʼlon qilingan edi.

Faoliyat statistikasi



2022-yil, 18-sentabr holatiga ko'ra[16][17][18]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz