Hiromi Ikeda




Hiromi Ikeda (1975-yil 22-dekabrda tugʻilgan) (sobiq ism-sharifi; Xiromi Isozaki, i﨑﨑) — yaponiyalik sobiq futbolchi. Yaponiya terma jamoasida oʻynagan.

Klubdagi karyera



Ikeda 1975-yil 22-dekabrda Xonjo shahrida tugʻilgan. 1995-yilda u Tasaki Perule futbol klubiga qoʻshildi. 1995-yilda u Eng yaxshi yosh oʻyinchi mukofotiga sazovor boʻldi. Shuningdek, u 10 yil davomida (1999—2008) eng yaxshi oʻn birlikdan biri sifatida tanlandi. Biroq 2008-yilda klub moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tugatilgan. 2008-yilgi mavsum oxirida u nafaqaga chiqdi. U L.Ligada 236 ta oʻyinda maydonga tushgan. Yaponiyaning juda koʻplab OAV muhbirlari Ikedaning butsalarini mixga ilishini keng matbuotda yoritishdi va bu Yaponiya ayollar futboli uchun katta yoʻqotish ekanligini taʼkidalab oʻtishgan.

Terma jamoadagi karyera



1997-yil 8-iyunda Ikeda Yaponiya terma jamoasi safida Xitoyga qarshi debyut qildi. U 1999, 2003, 2007-yillardagi jahon chempionatlarida terma jamoa aʼzosi boʻlgan, shuningdek, 2004 va 2008-yillardagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan. 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida u sardor sifatida oʻynadi, chunki jamoa sardori Yumi Obe zaxirada qoldirilgan edi. Ikeda Olimpiya oʻyinlarida haqiqiy yetakchi ekanligi isboytladi. 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlaridan keyin u 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarigacha sardor boʻldi. 2008-yilgacha u Yaponiya terma jamoasi safida 119 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan.

Shaxsiy hayoti



Ikeda 2007-yilda turmushga chiqgach oʻz ismini Hiromi Isodzaki (磯﨑 浩美)dan Hiromi Ikeda (池田 浩美)ga oʻzartirgan.

Milliy terma jamoadagi statistikasi




Xalqaro maydondagi gollari




Yutuqlar



Klubda



Tasaki Perula

Terma jamoa tarkibida




Shaxsiy yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz