Hira jangi
Hira jangi (arab. معركة الحيرة) 633-yilda Sosoniylar imperiyasi bilan Arab xalifaligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Bu musulmonlar Eron ni egallashidagi dastlabki janglaridan biri boʻlgan. Furot daryosidagi chegara shahrining yoʻqolishi Dajla daryosidagi Ktesifon — Sosoniylar poytaxtiga yoʻl ochdi.
Jang tavsifi
Oʻzining kattaligi va boyligi bilan mashhur boʻlgan Hira shahri asrlar davomida Laxmiylar saltanatining poytaxti boʻlgan. 602-yildaSosoniylar davlatiga chegara viloyati sifatida qoʻshib olingan. 633-yilda xalifalikning kengayishi paytida xalifaAbu Bakr Xolid ibn Valid ni Furotning janubidagi yerlarni egallash uchun yuborgan.
Xolid may oyida Ullaysni egallab, uning qoʻshini oʻsha oyning oxirgi haftasida Hira shahriga hujum qildi. Himoyachilar tezda shahar qal’alarida berkinib olishdi, ammo qisqa janglardan soʻng shahar tezda taslim boʻldi. Shahar ahli shaharni saqlab qolish uchun katta soliq toʻladi va xuddi Ullays aholisi kabi sosoniylarga qarshi josuslik qilishga rozi boʻldi
Manbalar
uz.wikipedia.org