Hindukush zilzilasi (2023)
2023-yil 21-martida Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida 187 km chuqurlikda 6.5 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Zilzila epitsentri Jirm shahridan 40 km janubi-sharqda aniqlandi.
AQSh geologik tadqiqot xizmati zilzila magnitudasi 6,5, Pokiston meteorologiya boshqarmasi esa 6,8 deb qayd etdi. Yevrop-Oʻrtayer seysmologik markaziga binoan tebranish 1000 km² dan kengroq maydonda, Pokiston, Hindiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston va Turkmanistonda yashovchi taxminan 285 million aholiga sezildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org