Hind-Tinch ummoni mintaqasi




Hind-Tinch ummoni mintaqasi (shuningdek, Hindiston-Vestpasifik yoki Hind-Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi) — Dunyo ummonining eng keng zoogeografik mintaqasi boʻlib, qit’adagi qolgan hayvonot dunyosini va Hind okeani va Gʻarbiy Tinch okeanining hududiy tropik orol qirgʻoqlarini qamrab oladi.

Geografiyasi



Tropik mintaqada joylashgan. U Afrikaning sharqiy sohillari va Qizil dengizdan Mikroneziya, Melaneziya, Polineziya va Indoneziyagacha, shimolda Koreya, Yaponiya va Gavayi orollari qirgʻoqlarigacha, janubda esa Afrikaning janubiy chegaragacha va Avstraliyaning gʻarbiy qirgʻogʻi (sharqiy sohilidagi Sidneygacha) boʻlgan hududni egallaydi. Murakkab yoriqli qirgʻoq chizigʻi bilan ajralib turadi: koʻrfazlar, buxtalar — kichik dengiz koʻrfazi , boʻgʻozlar, orollar va arxipelaglar mavjud.

Hind va Tinch okeanining 40° shimoliy va 40° janubiy kenglikdagi suvlarini oʻz ichiga oladi. Janubiy Amerikaning gʻarbiy sohilida, sovuq Peru oqimi ta’sirida chegarasi shimolga keskin siljigan. Ushbu atama biogeografiya, okean biologiyasi va ixtiologiyada qoʻllaniladi, chunki bu hududning dengizlari, Madagaskardan Yaponiyagacha, koʻpgina hayvon turlarining yashash makonidir.

Iqlim sharoiti



Suv harorati 27-28 ° C, shimolda u 24 ° C dan past boʻlmagan haroratni yil davomida doimiy ushlab turadi. Kun va tun alshinuvi 12 soatlik ritmga ega. Yilning faqat ikki mavsumida — qishi quruq va yozi yomgʻirli musson shamollari yoʻnalishining oʻzgarishi bilan bogʻliq.

Fauna




Sayoz suvlarning katta maydoni tufayli qulay iqlim sharoitlari va koʻplab geologik davrlarda atrof-muhitning barqarorligi bu yerda juda boy faunaning rivojlanishiga olib keldi. U boy va xilma-xil hayvonot dunyosi bilan ajralib turadi, bu turlarning koʻpligi va endemik vakillarining mavjudligi jihatidan Dunyo ummonining boshqa hududlari bilan taqqoslab boʻlmaydi. Hayvonot olamining ayrim vakillari:

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz