Hindiston shtatlari




Hindiston (hindcha: भारत [Bharat], inglizcha: India), Hindiston Respublikasi (hindcha: भारत गणराज्य [Bhārat Gaṇarājya],  inglizcha: Republic of India) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km
choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv o.lari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 352 mln. kishi (2018). Poytaxti — Yangi Dehli shahri. Maʼmuriy jihatdan 28 shtat va 8 ittifoq hududiga boʻlinadi.Shtatlar va ittifoq hududlari oʻz navbatida tumanlarga va kichikroq maʼmuriy birliklarga boʻlinadi.

Tarixi




Mustaqillikdan oldingi tarixi



Hindiston yarim oroli tarixda turli etnik guruhlar tomonidan boshqarilgan va ularning har biri mintaqada oʻz maʼmuriy boʻlinish siyosatini amalga oshirgan.  Britaniya hukumati mamlakatni maʼmuriy jihatdan boʻlishda oldingi Boburiylar davlatining maʼmuriy tuzilmasini saqlab qoldi. Britaniya hukumati davrida Hindiston toʻgʻridan-toʻgʻri inglizlar tomonidan boshqariladigan viloyatlarga (shuningdek, prezidentlik deb ham ataladi) va knyazlik shtatlari ustidan amalda suverenitetga (suzerenity) ega boʻlgan Britaniya imperiyasiga sodiq mahalliy shahzoda yoki raja tomonidan boshqariladigan knyazlik shtatlariga boʻlingan.

1947-1950-yillar



1947-1950-yillarda knyazlik shtatlari hududlari siyosiy jihatdan Hindiston ittifoqiga birlashtirildi. Ushbu davrda mavjud boʻlgan koʻpgina hududlar viloyatlarga birlashtirildi. Boshqa hududlar esa koʻpgina knyazlik shtatlarining birlashtirlishidan tashkil topgan Rajasthan, Himachal Pradesh, Madhya Bharat, Vindhya Pradesh, Mysore, Hyderabad, Bhopal va Bilaspur kabi alohida knyazlik hududlariga aylantirildi. 1950-yil 26-yanvarda kuchga kirgan Hindistonning yangi Konstitutsiyasi Hindistonni suveren demokratik respublikaga aylantirdi. Yangi respublika hukumati mamlakat hududlarini maʼmuriy jihatdan „shtatlar ittifoqi“ deb eʼlon qildi. 1950-yilgi Hindiston Konstitutsiyasi shtatlarning uchta asosiy turini ajratdi. Ular quyidagilar: 

Shtatlarning qayta tashkil etilishi (1951-1956)



Andhra shtati 1953-yil 1-oktyabrda Madras shtatining telugu tilida soʻzlashuvchi aholi joylashgan shimoliy hududlarni birlashtirish orqali tashkil etildi.

Fransiyaning Chandannagar anklavi 1954-yilda Gʻarbiy Bengaliyaga shtati tarkibiga qoʻshildi.Oʻsha yili Fransiyaning sobiq Pondicherry, Karaikal, Yanam va Mahe anklavlari Pondicherry viloyati tarkibiga kiritildi. Bu hudud 1962-yilda shtat ittifoqiga aylantirildi.

Shuningdek, 1954-yilda hindparast kuchlar Portugaliyaning Dadra va Nagar Haveli anklavlarini ozod qilib, ozod Dadra va Nagar Havelining qisqa muddatli de-fakto holatini eʼlon qildilar. 1961-yilda bu hududlarni Hindiston hukumati i Dadra va Nagar Haveli ittifoq shtati sifatida oʻzining tarkibiga qoʻshib oldi.

1956-yilgi „Shtatlarni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida shtatlar lingvistik jihatdan qayta tshkil etildi.Natijada yangi shtatlar paydo boʻldi.Ular quyidagilar:

1956-yildan keyin



Bombey shtati 1960-yil 1-mayda „Bombayni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun bilan Gujarat va Maharashtra til shtatlariga boʻlingan. Nagalandning eski Ittifoq hududi 1963-yil 1-dekabrda davlatchilik shakliga ega boʻldi. 1966-yilda qabul qilingan „Punjab shtatini qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida Haryana shtati tashkil etildi.Shuningdek, ushbu qonun asosida Punjab shtatining shimoliy tumanlari Himachal Pradesh tarkibiga kiritildi. Qonun Chandigarhni ittifoq hududi va Punjab va Haryananing umumiy poytaxti etib belgiladi.

Madras shtati nomi 1969-yilda Tamil Nadu deb oʻzgartirildi. Shimoli-sharqiy Manipur, Meghalaya va Tripura shtatlari 1972-yil 21-yanvarda tashkil etildi. Mysore shtati nomi 1973-yil Karnataka deb oʻzgartirildi. 1975-yil 16-mayda Sikkim shtati Hindiston Ittifoqining 22-shtatiga aylandi va shtat monarxiyasi bekor qilindi. 1987-yil 20-fevralda Arunachal Pradesh va Mizoram shtatlari, 30-mayda esa Goa shtati tashkil qilindi. Ilgarigi Goa, Daman va Diuning shimoliy anklavlari Daman va Diu sifatida alohida ittifoq hududiga aylandi.

2000-yil noyabr oyida 3 ta yangi shtat tashkil qilindi. Ular quyidagilar:

Pondicherry shtati nomi 2007-yilda Puducherry deb oʻzgartirildi. Orissa shtati nomi 2011-yilda Odisha deb oʻzgartirildi. Telangana shtati 2014-yil 2-iyunda Telangana 2014-yil 2-iyunda Andhra Pradesh shtatining shimoli-gʻarbidagi oʻnta tumani qoʻshilishi orqali tashkil qilindi.

2019-yil avgust oyida Hindiston parlamenti „Jammu va Kashmirni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“ gi qonunni qabul qildi. Unga koʻra, 2019-yilda Jammu va Kashmir shtati ikkita ittifoq hududiga qayta tashkil etildi. Oʻsha yilning noyabr oyida Hindiston hukumati Daman va Diu, Dadra va Nagar Haveli ittifoq hududlarini Dadra va Nagar Haveli va Daman va Diu deb nomlanuvchi yagona ittifoq hududiga birlashtirish toʻgʻrisidagi qonuni qabul qildi.

Shtatlar



Hozirgi kundagi shtatlar




Oldingi shtatlar




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz