HINDISTON MILLIY FANLAR AKADEMIYASI



HINDISTON MILLIY FANLAR AKADEMIYASI — Hindistondagi jamoat ilmiy muassasasi. 1970 yil Hindiston Fanlar milliy instituti (1935 yil tuzilgan) negizida tashkil etilgan. Dehli shahrida joylashgan. Mamlakatdagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Akademiya o’z tadqiqot markazlariga ega emas. Ilmiy asar va monografiyalar e’lon qiladi. Byulleten, yilnomalar, Hindistonda fan tarixi, fundamental va amaliy matematika bo’yicha.jurnallar nashr etadi. 650 dan ortiq a’zosi, 80 faxriy a’zosi bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz