Hindiston Ittifoqi
Hindiston Ittifoqi (ingl. Union of India) — Britaniya parlamenti tomonidan Hindiston mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi (1947-yil 15-avgust) va Britaniya Hindistonining Hindiston Ittifoqi va Pokiston Dominioniga boʻlinishi natijasida tashkil topgan davlat. 1948-yilda “Polo„ maxsus operatsiyasi natijasida Haydarobod knyazligi Hindiston Ittifoqi tarkibiga kirdi.
Hindiston Ittifoqi rahbari Buyuk Britaniya qiroli hisoblangan, lekin aslida hukumatga Bosh vazir Javaharlal Neru boshchilik qilgan. Hindistondagi monarx manfaatlarini hali ham Hindiston general-gubernatori himoya qilgan (u oʻzidan oldingilaridan farqli oʻlaroq, endi vitse-qirol deb atalmagan). Birinchi general-gubernator Luis Mauntbetten, ikkinchi va oxirgisi Chakravarti Rajgopalachariya edi.
1950-yil 26-yanvarda Hindistonning birinchi konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan Hindiston Ittifoqi Hindiston Respublikasiga oʻzgartirildi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org