Hindiston ayollar ligasi
Hero MotoCorp bilan homiylik aloqalari uchun Qahramon Hindiston ayollar ligasi sifatida tanilgan
Hindiston ayollar ligasi hind futbolidagi ayollarning yuqori darajadagi professional futbol ligasidir. 2016-yilda tashkil etilgan ushbu ligada hozirda mamlakat boʻylab jami 12ta jamoa ishtirok etadi.
Hindiston ayollar ligasini tuzish 2014-yilda rejalashtirila boshlagan va 2016-yilda tashkil etilgan. Birinchi mavsumga 2016-yil oktabr oyida Cuttack shahrida start berilgan. Liga Hindistonning ayollar uchun birinchi professional futbol ligasi sifatida Hindiston terma jamoasi uchun oʻyinchilar zaxirasini koʻpaytirish maqsadida tashkil etilgan. 2021—2020-yildan boshlab chempion boʻlgan klublarga Osiyoning eng yuqori toifali ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish imkoniyati berildi.
Hozirgacha toʻrtta klub chempionlikni qoʻlga kiritdi: Eastern Sporting Union, Rising Students' Club, Sethu va Gokulam Kerala. Ulardan Gokulam Kerala ikki marta chempionlik kubogini qoʻlga kiritgan.
Tarixi
Kelib chiqishi
1991-yildan beri Hindistondagi eng yaxshi ayollar futbol turniri Butun Hindiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan kattalar oʻrtasidagi milliy futbol chempionati hisoblanardi. Birinchi ayollar futbol ligasi Hindiston futbol assotsiatsiyasi (Gʻarbiy Bengal) tomonidan Kalkuttada 1993-yilda Kalkutta ayollar futbol ligasi sifatida tashkil etilgan. 1998 va 1999-yillarda tegishli davlat assotsiatsiyalari tomonidan Mumbay va Goada mintaqaviy ligalar tashkil etilgan. Ammo, afsuski, qoʻllab-quvvatlanmagani sababli, bu havaskorlar ligalari uzoq muddatga saqlanib qolmadi va qisqa muddatdan keyin butunlay tarqatib yuborildi.
2014-yilda Hindiston ayollar terma jamoasining, asosan, SAFF ayollar chempionatidagi muvaffaqiyatidan soʻng, Hindiston Superligasi qatorida ayollar futbol ligasini tashkil etish harakatlari boshlandi. Pune va Bengaluru kabi klublar milliy ayollar ligasiga qoʻshilish istagini bildirishdi.
Tashkil topishi
2016-yilning 21-aprelida AIFF prezidenti Praful Patel Hindiston ayollar ligasi oktabr oyida boshlanishini, oltita jamoani aniqlashini va 2017-yilgacha sakkizta jamoaga kengayishni maqsad qilganini aytdi. Ikki oydan koʻproq vaqt oʻtgach, 5-iyul kuni AIFF Hindiston ayollar terma jamoasi tarkibini muhokama qilish uchun seminar tashkil qildi va bu munozaralar vaqtida ayollar futbol ligasini tashkil etishni taklif qildi. Seminarda Hindiston Superligasining beshta jamoasi — Dehli Dinamos, Chennaiyin, Kerala Blasters, Pune City va Atletiko de Kolkata hamda I-liganing uchta jamoasi — Bengaluru, Aizawl va Mumbay ishtirok etdi. Ligada sakkizta jamoa ishtirok etishi eʼlon qilindi. Turnirning asosiy maqsadi hindistonlik ayollarning imkoniyatlaridan foydalanish va ularni milliy terma jamoaga tayyorlash, natijada OFK ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi va FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma olish edi.
Dastlabki mavsumning dastlabki bosqichi 17-26-oktabr kunlari Cuttack shahrida mamlakat boʻylab 20 ta jamoadan iborat milliy saralash orqali saralashdan oʻtgan 8 jamoa oʻrtasida oʻtkazildi.
Keyingi mavsumda AIFF Hero MotoCorp bilan hamkorlikni uzaytirdi va liga Qahramon Hindiston ayollar ligasi deb nomlana boshladi. Tashkilotchilar asosiy oʻyinlarda xorijlik oʻyinchilar bilan shartnoma imzolashga ham ruxsat berishdi.
Bugungi holati
Gokulam Kerala chet ellik futbolchi bilan shartnoma imzolagan birinchi hind klubi boʻldi, chunki ular tarkibida ikki Uganda terma jamoasi oʻyinchilari bor edi: Fazila Ikvaput va Rita Nabbosa. 2018—2019-yilgi mavsumdan boshlab jamoalarning ishtirok etishi tegishli shtat ligalaridagi natijalarga koʻra aniqlanadigan boʻldi va jamoalar soni ham ikki baravar koʻpaytirilib, oʻn ikkitaga yetkazildi.
2019-yildan boshlab OFK va FIFA hamkorlikda ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatini tashkil qiladi va Hindiston 2021-yilda boʻlib oʻtadigan klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etishga qaror qildi. Shu bois 2019—2020-yilgi mavsum gʻolibi Hindistonning qitʼa turniridagi ehtimoliy vakili boʻlishga qaror qilindi. Turnir finalida Gokulam Kerala butun turnir davomida magʻlub boʻlmagan holda mavsum chempioni boʻldi va shu tariqa erkaklar va ayollar oʻrtasidagi oliy ligada gʻolib chiqqan birinchi klub hamda OFKda oʻynagan birinchi Hindiston jamoasiga aylandi. 2021-2022 -yillarda AIFF formati bitta davradan iborat turnirga oʻzgartirildi va yakunda turnir jadvalining yuqori qismida qoladigan jamoa chempion deb eʼlon qilinadi. Gokulam Kerala mavsumni magʻlubiyatsiz yakunlab, liga chempionligini himoya qilgan birinchi klub boʻldi va shu tariqa ketma-ket ikkinchi marta qitʼa turniriga yoʻllanma oldi.
Chempionlar
Mavsumlardagi chempion jamolar
Joriy klublar roʻyxati
Chempionlikka erishgan bosh murabbiylar
2022-yil 22-may holatiga ko`ra
Toʻpurar futbolchilar reytingi
Eng yaxshi toʻpurar futbolchilar
2022-yil 14-iyul holatiga ko`ra
Mavsum boʻyicha eng yaxshi toʻpurarlar
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org