Hindaur




Indaur , Indur — Hindistonning markaziy qismidagi shahar, MadhyaPradesh shtatida. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni va savdo-sanoat markazi. Aeroport bor. I.dan Dehli — Mumbay avtomobil yoʻli oʻtgan. Ip gazlama i.ch. sanoatining yetakchi tarmogʻi. Paxta tozalash, oziq-ovqat, metallsozlik va mashinosozlik, kimyo korxonalari bor. Oʻsimliklardan sanoatda foydalanish instituti ochilgan. I. 1818—1950-yillarda Indur knyazligining poytaxti, 1950—56-yillarda Madhya-Bharat shtatining maʼmuriy markazi boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz