Hind laylagi




Hind laylagi , Gongal (lotincha: Anastomus oscitans) — laylaklar oilasiga mansub qush. U Hindiston va Shri Lankadan Janubi-Sharqiy Osiyogacha boʻlgan tropik Janubiy Osiyoda yashaydi.

Tavsif



Hind laylagi asosan kulrang rangda boʻladi. Koʻpayish mavsumida esa oq rangda boʻlib, qanotlari yaltiroq qora va dumi yashil yoki binafsha rangga ega. Katta yoshli qushlarda tumshugʻining pastki qismi qiyshiq kamon shalkga ega boʻlib ular orasida ochiq joy mavjud. Yosh qushlarda bu boʻshliq yoʻq. Tumshugʻining kesuvchi qirralari choʻtkaga oʻxshash nozik tuzilishga ega boʻlib, bu ularga chigʻanoq va mollyuskalar qobigʻini yaxshiroq ushlab turish imkonini beradi. Dumi oʻn ikki patdan iborat boʻlib, oʻsimta bezi mavjud. Uzoqdan ular oq laylak yoki sharqona laylak kabi koʻrinishi mumkin. Kalta oyoqlari pushti-kulrang, nasldan oldin qizgʻish tusga kiradi. Koʻpaymaydigan qushlarning rangi oq oʻrniga tutunli kulrang boʻladi. Yosh qushlar jigarrang-kulrang va jigarrang mantiyaga ega. Boshqa laylaklarga oʻxshab, Osiyo laylaklari ham keng qanotli uchuvchi qush boʻlib, u doimiy parvoz uchun issiq havo termallari orasida harakatlanadi. Ular odatda gala boʻlib yashaydi, lekin yolgʻiz qushlarni ham uchratosh mumkin. Hamma laylaklar singari boʻynini choʻzib uchadi. U laylak uchun nisbatan kichik va 68 sm balandlikda (uzunligi 81 sm) turadi.

Oziqlanishi va hayot tarzi



Hind laylaklari kunning issiq qismida termal havoda koʻtariladi va tez ovqatlanish joylariga tushish odatiga ega. Guruhlar sayoz suvda yoki botqoq yerlarda birga ovqatlanishlari mumkin. Ular asosan yirik mollyuskalar, ayniqsa Pila turlari bilan oziqlanadi va ular tumshugʻining uchi yordamida chigʻanoqni tanasidan ajratib oladi. Tumshugʻining pastki qismining uchi koʻpincha oʻngga buriladi. Ushbu uchi mollyuskalarning teshigiga kiritiladi va suv ostida ham tanasidan ajratib ololadi. Jerdonning taʼkidlashicha, ular hatto koʻzlari bogʻlangan holda ham mollyuskalarni ushlay olishgan. Katta mollyuskalarni odatda toshga urish orqali yoradi, kichikroq mollyuskalar esa koʻpincha butunlay yutiladi yoki maydalanadi. Ular suv ilonlari, qurbaqalar va yirik hasharotlar bilan ham oziqlanadi.

Tarqalish



Koʻpayish davri yomgʻirdan keyin, Hindiston va Nepal shimolida iyuldan sentabrgacha, janubiy Hindiston va Shri Lankada esa noyabrdan martgacha boʻladi. Ular qurgʻoqchilik yillarida naslchilikni oʻtkazib yuborishlari ham mumkin. Ular koʻpincha yarimmi suv ostida boʻlgan daraxtlarga (koʻpincha Barringtonia, Avitsennia va Acacia turlari) shox-shabbalardan qoʻpol uya quradi, odatda ikki-toʻrt dona tuxum qoʻyadi.

Fotosurat




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz