Himeji qalʼasi
Himeji qalʼasi (yaponcha: 姫路城 Himeji-jō?)、[çimeʑiꜜʑoː] ( tinglang) — Yaponiyaning Hyogo prefekturasidagi Himeji shahrida joylashgan, tepalik ustiga qurilgan qal'adir. Himeji qal'asi yapon ananaviy harbiy memorchiligining eng yaxshi saqlanib qolgan na'munasi hisoblanadi. Unda yapon feodal davrining eng ilg'or mudofaa tizimlari bilan jixozlangan 83 ta bo'lma mavjud. Qal'a o'zining yorqin oq rangda ishlangan tashqi fasadi va uchayotgan qushga o'xshash ko'rinishdaligi tufayli mahalliy aholi orasida "Hakuro-jō" yoki "Shirasagi-jō" (Oq egret/qarqara qal'asi)) nomi bilan tanilgan.
1333-yilda Akamatsu Norimura Himeyama tepaligida qo'rg'on quradi. 1346-yil qo'rg'on buzilib, o'rnida Himeyama qal'asi qurildi. 2 asrdan so'ng Himeyama qal'asi Himeji qal'asi deb qayta nomlandi. 1581-yil Toyotomi Hideyoshi tomonidan qayta ta'mirlash jarayonida qal'a ichida 3 qavatli asosiy minora qurilgan. 1600-yilda Tokugava Ieyasu Sekigahara jangidagi yordami uchun qal'ani Ikeda Terumasaga tuhfa qildi. Ikeda 1601-yildan 1609-yilgacha qal'ada to'liq qayta qurish ishlarini olib borib, Himejini katta qal'a majmuasiga aylantirdi. Keyinchalik, 1617-yildan 1618-yilgacha Honda Tadamasa tomonidan qal'a majmuasiga yana bir nechta binolar qo'shildi. Deyarli 700 yil mobaynida, hatto Ikkinchi Jahon urushida Himejining bombardimon qilinishi, 1995-yilgi Buyuk Hanshin zilzilasi hamda boshda tabiiy ofatlarda ham, Himeji qal'asi hech qanday jiddiy zararlarsiz saqlandi.
Himeji qal'asi Yaponiyadagi eng katta va eng ko'p tashrif buyuriladigan qal'adir. 1993-yilda Yaponiyada birinchilardan bo'lib UNESCO Jahon merosi obyekti sifatida ro'yxatga olingan.
uz.wikipedia.org