Himaydin Sharafutdinov
Himaydin Sharafutdinovich Sharafutdinov — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi
Sharafutdinov Himaydin 1934-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida dunyoga kelgan. Bir yil davomida KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Himaydin Sharafutdinovich 1950-yildan hududdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat ko‘rsatishni boshlagan. 1950-1993-yillarda Sharafutdinov dehqon, agronom, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani ,,Leningrad" kolxozi raisi, Boysun tuman ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Denov tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, mehnatkashlar deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.
Shuningdek, Sharafutdinov Himaydin SSSR Oliy Sovetining 6- va Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq yig‘ilishlarida deputat etib saylangan.
Iqtisodchi Sharafutdinov Oʻzbekistonda istiqomat qilgan.
Mukofotlari va unvonlari
Manbalar
uz.wikipedia.org