Hilton Hotels & Resorts
Resorts & Hotels — Hilton (ilgari
Hilton Hotels deb nomlangan ) („Hilton“ mehmonxonalari va kurortlari) — Hilton Worldwide korporatsiyasiga tegishli mehmonxonalar va kurortlarning xalqaro tarmogʻi.
Kompaniya 1919-yilda Konrad Xilton tomonidan tashkil etilgan. 2017-yil holatiga koʻra, Hilton Hotels & Resorts brendi dunyoning 103 ta davlati va hududidagi 5100 dan ortiq mehmonxona va kurortlarni oʻz ichiga oladi .
2019-yil 28 yanvarda Forbes jurnali „Rossiyadagi eng yirik mehmonxonalar tarmogʻi“ reytingini taqdim etdi. Rossiyaning 20 viloyatida 28 ta mulkka ega boʻlgan Hilton Hotels & Resorts mehmonxonalar tarmogʻi ushbu reytingda beshinchi oʻrinni egalladi. 2018-yilda Hilton Hotels & Resorts kompaniyasining Rossiyadagi faoliyatdan olgan daromadi 109 million dollarni tashkil etdi .
2020-yilda Fortune jurnali xodimlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra Hilton Hotels & Resorts 2020-yilda ishlagan 100 ta eng yaxshi kompaniyalar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi.
Sharh
Hilton Hotels & Resorts — Hiltonning etakchi brendi va dunyodagi eng yirik mehmonxona tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ishbilarmon va dam oluvchi sayyohlarga eʼtibor qaratadi, shuning uchun yirik shaharlar markazida, aeroportlar, konferentsiya markazlari yaqinida, shuningdek, butun dunyo boʻylab dam olish uchun mashhur joylarda mehmonxonalarini joylaahtiradi.
Hilton Hotels & Resorts Hilton Honors mehmonlarining sodiqlik dasturida ishtirok etadi. Hilton xizmatlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri bron qilgan aʼzolarga bepul chegirmalar va imtiyozlar beriladi, masalan, bepul Wi-Fi, raqamli roʻyxatdan oʻtish, xonaga kalitsiz kirish va Hilton Honors mobil ilovasi yordamida xohlagan xonasini tanlash imkoniyati.
Tarix
Kompaniya 1919-yilda Konrad Hilton (1887-1979) tomonidan asos solingan va Texasning Sisko shahrida tarmoqning birinchi mehmonxonasi Mobley Hotel ochilgan . Hilton nomidagi birinchi mehmonxona 1925-yilda Dallasda ochilgan . Puerto -Rikoning San -Xuan shahrida Caribe Hilton Hotel mehmonxonasining ochilishi Hiltonni dunyodagi birinchi xalqaro mehmonxonalar tarmogʻiga aylantiradi.
Toshkentdagi mehmonxona
Hilton mehmonxonasi va Kongess-xoll
Hilton mehmonxnasi va kongress-xoll bir-biriga ko'prik bilan ulangan. Qurilish loyihasi Turkiyaning Metex Design Group shirkati tomonidan ishlab chiqilgan. 2019-yil oktabrda foydalanishga topshirildi. Sarmoyador va quruvchi Oʻzbekistonning 《Akfa Dream World» va «Discover Invest», loyihachisi esa Buyuk Britaniyaning «ARUP» shirkatlari.
Qiziqarli faktlar
Margarita kokteyli yaratilishining afsonalaridan biri bor. Unda aytilishicha, 1948-yilda ixtiro qilingan kokteyl aynan Hilton mehmonxonalar tarmogʻida ommalashgan. Kokteyl Hiltonning barcha mehmonxonalarida taklif qilinganligi sababli shunday mashhurlikka erishdi. Aynan Hiltonda
„Pinakolada“ kokteyli ixtiro qilingan.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org