HILOLDOSHLAR



HILOLDOSHLAR (Suregaseae), bardidoshlar — ko’p yillik, ba’zan bir yillik bir urug’pallali o’simliklar oilasi, asosan o’tlar. 85 turkum 3500 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. Yer sharining hamma mintaqalarida uchraydi. Ko’proq Shimoliy yarimsharning mo’tadil va sovuq mintaqalarida tarqalgan. Asosan, zax, botqoq erlarda, ariqlar bo’yida, bir qancha turi cho’l, adir, tog’va yaylovlarda o’sadi. Hiloldoshlarga bardi, qamish, papirus, salomalaykum va boshqalar kiradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz