Hilola Nazirova




Hilola Bahodirovna Nazirova  — (1983-yil, 17-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik tarixchi olima.
Hilola Nazirova „Zubdat at-tavorix“ asarini ilmiy muomalaga kiritgan va dastlabki monografik tadqiqot olib borgan. Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) (2022). Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yoshlar yetakchisi, „O‘zbekiston tarixi“ telekanali „Tarixiy savol“ koʻrsatuvining hammuallifi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori.

Tarjimayi holi



Hilola Nazirova 1983-yil 17-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida bakalavr (2000—2004) va magistratura (2004—2006) bosqichlarini tamomlagan. 2007—2008-yillar OʻzR FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi boʻlib ishlagan. 2008—2011-yillar OʻzR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olgan va institutning asosiy (prioritet) yoʻnalishlaridan biri boʻlgan yosh matnshunoslar tayyorlash boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borgan.

Ilmiy izlanishlari



Hilola Nazirova 2016-yilda OʻzR FA Sharqshunoslik instituti va UNESCOning Xalqaro Markaziy Osiyoni tadqiq etish instituti (IICAS) hamkorligida Muhammadrizo Ogahiyning „Zubdat at-tavorix“ asarining ilmiy-tanqidiy matnini nashr qilgan. „Zubdat at-tavorix“ asari Markaziy Osiyo, xususan, Xorazm tarixining asosiy va ishonchli manbalaridan biridir. Hilola Nazirova bu asarni ilmiy muomalaga kiritdi va Oʻzbekiston tarixshunosligiga oʻzining munosib hissasini qoʻshdi. Olima hozirgi kunda OʻzR FA Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi. U 2 ta monografiya va 50 dan ortiq maqola va tezislar muallifi. Avstriya, Rossiya, Turkiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Eron kabi davlatlarda xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi va grantlar sohibasi.
OʻzR FA Sharqshunoslik instituti qoshidagi „Bilimkent“ seminari taʼsischisi. 2020-yildan boshlab „O‘zbekiston tarixi“ telekanalida „Tarixiy savol“ koʻrsatuvining hammuallifi sifatida faoliyat olib bormoqda.
2022-yilda Hilola Nazirova Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari yoʻnalishida "Qoʻngʻirotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammadrizo Ogahiyning „Zubdat at-tavorix“ asari" mavzusidagi Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Qiziqishlari



Oʻrta Osiyo islom davri tarixi, Xiva xonligi, subaltern tadqiqotlari (mazlumlar tarixi), qoʻlyozmalarni tavsiflash, matnshunoslik, tarixiy manbashunoslik, kiyim-kechaklar va kiyinish madaniyati tarixi. Hozirda Abulgʻozixon „Shajarayi turk“ asarining qadimgi nusxasidan oʻzbek-lotin alifbosiga tabdilini amalga oshirmoqda.

Ilmiy ishlari roʻyxati



Monografiyalar




Xorijiy jurnaldagi maqolalar




Respublika jurnallaridagi maqolalari




Respublika toʻplamlaridagi maqolalar




Xalqaro konferensiya toʻplamlaridagi maqolalari




Xalqaro konferensiya toʻplamlaridagi tezislari




Respublika konferensiya toʻplamlari, kitoblar tarkibidagi maqola va tezislari




Internet va gazetalardagi maqolalar




Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz