Hilol Sobiiy




Abul Husayn Hilol ibn Muhassin ibn Ibrohim Sobiiy (arab. ابو الحسين هلال بن محسن بن ابراهيم الصابئ) (358-406/404) tarixchi, mutasaddi va yozuvchi edi. Amaldorlar oilasida tug‘ilgan Sobiiy hijriy 402-403/1012-yillarda islomni qabul qilgan. Dastlab buvayhiylar amiri Somsomuddavla qo‘li ostida ishlagan, keyinchalik Bahouddavlaning vaziri Faxrulmulk qo‘l ostidagi kansler direktori bo‘lgan.

Asarlari:



Hilol Sobiiy ko‘plab kitoblar muallifi bo‘lib, ularning hammasi ham bizgacha yetib kelmagan. Byurokratik masalalar va sud masalalari tarixi uning asosiy mavzulari edi.

Ehtimol, uning eng mashhur kitobi bu “Rusum dor al-xilofa” (Arabcha : رسوم دار الخلافة ) bo‘lib, u Abbosiylar saroyidagi xatti-harakatlar va faoliyat uchun qo‘llanmadir. U ko‘rsatmalar va maslahatlar to‘plami sifatida yaratilgan bo‘lsa-da, kitobda ko‘plab statistik ma’lumotlar, latifalar va tarixiy faktlar mavjud.

“Kitob al-vuzaro” (Arabbcha: كتاب الوزراء )-Xalifa Muqtadirning vazirlari bilan bog‘liq bo‘lgan bu asarning faqat boshlari saqlanib qolgan.

“Hilol Sobiiy tarixi” (Arab: تاريخ ابي الحسين هلال بن المحسن بن ابراهيم الصابي - Tarix Hilol as-Sobiiy) – bu ham parcha-parcha shaklda saqlanib qolgan, ammo uning parchalari hijriy 393-(milodiy -1003) yilgacha bo‘lgan so‘nggi buvayhiylar davri yilnomalaridagi bo‘shliqni to‘ldiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Hilol Sobiiy — bu nom O‘zbekistonda keng tanilgan shaxs yoki atama emas, shuning uchun uning haqida aniq va keng ma’lumot berish qiyin. Balki siz ma’lum bir shaxs, adib, san’atkor yoki boshqa soha vakilining ismini yozmoqchi bo‘lgan bo‘lishingiz mumkin.

Agar siz Hilol Sobiiy haqida qo‘shimcha ma’lumot bersangiz, masalan, u qaysi sohada faoliyat yuritadi yoki u haqda qaysi kontekstda ko‘proq bilmoqchisiz, shunda men sizga yaxshiroq yordam berishim mumkin.

Yoki, agar siz boshqa mavzuda ma’lumot so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, aniqroq so‘rab murojaat qiling.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz