Hilary Mantel




Dame Hilary Mary Mantel 1952-yilning 6-iyulida tugʻilgan. Uning asarilari tarixiy, shaxsiy xotiralar va qisqa hikoyalarni oʻz ichiga olgan britaniyalik yozuvchi edi. Uning birinchi nashr etilgan romani „Every Day Is Mother’s Day“ 1985-yilda nashr etiladi.Mental 12 ta roman, bir nechta hikoyalar toʻplami,koʻplab maqolalar va fikr-mulohazalarni yozgan.

Hayoti




Hilary Mantel Derbishir shtatidagi Glossop shahrida tugʻilgan.U oilada eng katta farzand boʻlgan.Mental va uning ikki ukasi Rim-katolik sifatida oʻsgan va o'sha yerda Rim Katolik boshlangʻich maktabida oʻqigan. Uning ota-onasi Margaret va Henry Tompson.Ikkalasi ham irlandiyalik katoliklar bo'lgan.1970-yilda Mental London Iqtisodiyot maktabida huquq sohasida oʻqishni boshlaydi.Keyinchalik esa Sheffield universitetiga oʻtadi va 1973-yilda huquqshunoslik bakalavrini tamomlaydi.Universitetni tugatgandan soʻng,Mantel keksalar kasalxonasining ijtimoiy ish boʻlimida, soʻngra Manchesterdagi Kendals doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlaydi.1973-yilda esa geolog Gerald McEwen bilan oila quradi.1974-yilda fransuz inqilobi haqida roman yozishni boshlaydi,lekin uni chop qilishga nashriyot topa olmaydi(oxir-oqibat bu asar 1992-yilda „A Place of Greater Safety“ sifatida chiqariladi).1977-yilda Mantel eri bilan Botsvanaga koʻchib oʻtadi va u yerda keyingi besh yilini yashashadi. Keyinchalik ular Saudiya Arabistonining Jidda shahrida toʻrt yil boʻlishadi. HIlary Mantel 2022-yil 22-sentyabrda 70yoshida Exeterdagi kasalxonada uch kun oldin sodir boʻlgan insult asoratlaridan vafot etgan.

Asarlari



Romanlari




Kichik hikoyalar toʻplami




Mukofotlari



Mantel ikki marta „Booker Prize“ mukofotini qoʻlga kiritgan: birinchisi 2009-yilda Thomas Cromwellning Genrix VIII saroyida hokimiyat tepasiga kelishi haqidagi xayoliy hikoya boʻlgan „Wolf Hall“ romani uchun, ikkinchisi esa 2012-yilda „Bring Up the Bodies“ filmining davomi uchun. Cromwell trilogiyasining uchinchi qismi „Koʻzgu va yorugʻlik(The Mirror and the Light)“ ham xuddi shu sovrin uchun uzoq roʻyxatga kiritilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz