Hikmatilloh To‘rayev
Hikmatilloh Dostonovich Toʻrayev (tugʻ. 1995-yil 25-may, Oʻzbekiston) — oʻzbek dzudochi, 73 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2019-yilda Jahon Harbiy oʻyinlari chempioni, Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori, Gran-pri gʻolibi va sovrindori, „Katta dubulgʻa“ turnirlari sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchi.
Biografiya
1995-yil 25-mayda Hikmatilloh Toʻraev tugʻilgan.
Faoliyati
2015-yilda Orenburgda (Rossiya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida chorak finalgacha yetib borgan. Oʻsha yili Chirchiqda oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2016-yilda Tyumenda (Rossiya) boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida bronza medali uchun bahsda magʻlub boʻlgan. 2017-yilda Toshkentdagi Gran-prida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2019-yilda Uxanda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida 73 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2019-yili Fujayrada (BAA) oʻtkazilgan dzudo boʻyicha Osiyo chempionatida Hikmatilloh 73 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Neapolda (Italiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Universiadada u erkaklar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida Hikmatilloh Toʻrayev 73 kg gacha vazn toifasida ishtirok etdi. Birinchi jangda u misrlik Mohamed Mohieldinga yutqazib qoʻydi.
2021-yil yanvar oyida Doʻhadagi (Qatar) Masters musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2021-yil iyun oyida Budapeshtdagi (Vengriya) Jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda magʻlub boʻldi. 2021-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 73 kg vazn toifasida birinchi jangda germaniyalik Igor Wandtkeni magʻlub etdi, ammo keyin koreyalik An Chang-rimga yutqazdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org