Hikmatilla Tursunov




Tursunov Hikmatilla Qoʻchqorovich (oʻzbekcha: Турсунов Ҳикматилла Қўчқорович, 1954-yil 18-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekistonning harbiy arboblaridan biri, sobiq Mudofaa vaziri (1997-2000). General-polkovnik.

Biografiyasi



Maʼlumoti — oliy, 1977-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini va 1989-yilda Moskva bronetank qoʻshinlari akademiyasini bitirgan. 1991-yilgacha SSSR Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida faoliyat yuritgan. 1991 — 1997-yillarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tizimida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1997-yil 29-sentabrda Prezident Islom Karimov uni Mudofaa vaziri etib tayinlagan. 2000-yil 20-fevralda isteʼfoga ketgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz