Hikmat yog'dusi
Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila,Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing.Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:“Bismillahir rohmanir rohim...” * * *Allohga hamd bo‘lsin, cheksiz beadad. Uning hukmidadir osmonu zamin.Maqtovga loyiq zot Allohdir faqat:“Alhamdulillahi robbil ‘alamin...”* * *Borligiga keltir imon,Tog‘u toshlar bunga shohid.Alloh birdir, bunga inon:“Innama ilahun vahid...”* * *Shafqat, marhamat-la yorlaqar bizni,Maxluqotlar rizq-ro‘zin yetkazur doim.Taqdir etgan Udir har ishimizni:“Zalika taqdirul azizir-rohiim...”* * *U iroda etsa mutlaq bo‘ladir,Unga pinhon emas har yon, har iqlim.Hatto ko‘nglingdagi sirni biladir:“Vahuva bikulli shay’in aliym...”* * *U qulni kechirgay, U rahm qilar,Go‘zal ismlari Raufu Rohiym.Tavba qilganlarni bilgin afv etar:“Innahu huvat-tavvabur-rohiym...”* * *Alloh va’dasidir: yetkazar rizqing,Shubhasiz, bu qulga buyuk marhamat. Namoz o‘qi. Zakot ber qodir bo‘lsang:“Va aqimus-solata va atuz-zakat...”* * *Inson tafakkurda, harakatda hur,Amallarda sokin, xotirjam bo‘ling.Alloh qilganingiz har ishni ko‘rur:“Vallohu basiyrun bima ya’malun...”* * *Uning izmidadir zaminu samo,Har ish amri ila bo‘ladi sodir.U har ishga mohir, qodir doimo:“Vallohu ‘ala kulli shay’in qodir...”* * *Alloh sabr aylagan qulni sevadi,Mo‘min yuksaladi sabr etgan sayin.Alloh sabrlilar bilan birgadir:“Innalloha maas-sobiriyn...”* * *Allohga ko‘p shukr aytgan baxtiyor,Zero, U har damda – sizdan xabardor.U bilar chin shokir banda asli kim. “Fainnalloha shakirun aliym...”* * *Uning oyatlari ko‘p,Kofiy bunga ko‘k va suv.Undan o‘zga Tangri yo‘q:“La ilaha illa hu...”* * *Kim u o‘zin sanar juda quvvatli?Axir hamma uchun hisob bor, hisob.Allohning azobi, qattiq shiddatli:“Va innalloha shadidul azab...”* * *U afv etguvchidir, kechirgay albat,Nadomat chekib, chin tavba qilaylik.Alloh gunohlaring aylar mag‘firat:“Innalloha g‘ofurur rohiym...”* * *Yomonlikka yaxshilik qilsang ajr bor,Yaxshilik, go‘zallik – shiori dinning.Alloh ehson etgan qullarni sevar:“Innalloha yuhibbul muhsiniyn...”* * *Fasod bir ilondir, boshin darhol ez,Fasodchining ishi oxiri barbod.Alloh fasodchini yomon ko‘radi:“Vallohu la yuhibbul fasad...”* * *Insonlar barchasi bir asldandir,Bo‘lsa ham biri oq, biri qoratan.Bir millat bo‘lgani shundoq ayondir:“Kanan – nasu ummatan vahidatan...”* * *Mumkinmi bir nima Undan yashirmoq?U hammasin ko‘rar, bilar – qolmas sir.Hamma ishimizni ko‘rmoqda Haq-rost:“Innalloha bima ta’maluna basiyr...”* * *Eng to‘g‘ri qarorni Sen berasan, Sen,Ey ulug‘ Allohim, ey ulug‘ Rabbim.Har neni eshitib ham bilasan Sen:“Innaka antas-sami’ul aliym...”* * *Musulmon hech kimni urmas va so‘kmas,Qidirmas kimsani qiynamoq yo‘lin.Shubha yo‘qdir, Alloh zolimni sevmas:“Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...”* * *Sabr etgan doimo murodga yetar,Ey mo‘minlar, siz ham murodga yeting.Alloh ham sabrli qullarin sevar:“Vallohu yuhibbus-sobiriyn...”
Uzpedia.uz