Hikmat Mirzayev
Hikmat Izzat oʻgʻli Mirzayev (ozarbayjoncha: Hikmət İzzət oğlu Mirzəyev) — Ozarbayjon harbiy ofitseri. Ozarbayjon Qurolli Kuchlari general-leytenanti va Maxsus kuchlar qoʻmondoni. U 2016-yildagi Togʻli Qorabog 'toʻqnashuvlarida, shuningdek 2020-yildagi Togʻli Qorabogʻ urushida qatnashgan. 2020-yilda u Shusha jangida ozarbayjon kuchlarini boshqargan. U Vatan urushi qahramoni unvonini oldi.
Hayoti
Hikmat Mirzayev Ozarbayjonning Bilasuvar tumanida tugʻilgan. 19-yanvar 2002-yilda Prezident Haydar Aliyev farmoni bilan Mirzayevga podpolkovnik unvoni berilgan. 29-aprel 2015-yilda Maxsus kuchlar qoʻmondoni general-mayor Mirzayev Ozarbayjon maxsus kuchlarining yangi tashkil etilgan harbiy qismlariga jangovar bayroqlarni topshirish marosimida ishtirok etdi. U 2016-yil aprelda Togʻli Qorabogʻda boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlarda Ozarbayjon maxsus kuchlarini boshqargan.
4-oktabr 2020-yilda Prezident Ilhom Aliyev Mirzayevni, general-mayor Mais Barxudarovni va ular rahbarlik qilgan xodimlarni Jabrayil shahri va Jabrayil tumanining toʻqqizta qishloqlarini qaytarib olishlari bilan tabrikladi. 17-oktabrda Prezident Aliyev farmoni bilan Mirzayevga general-leytenant unvoni berildi. 8-noyabr kuni Aliyev uni Shushani qaytarib olish bilan tabrikladi. 10-dekabr kuni Mirzayev Mudofaa vazirligi Maxsus kuchlarining Boku gʻalaba paradida yurgan harbiy xizmatchilarini boshqargan.
Manbalar
uz.wikipedia.org