Hikaru Nakamura
Christopher Hikaru Nakamura (1987-yil 9-dekabrda tugʻilgan) – amerikalik shaxmat grossmeysteri, YouTuber, shaxmat boʻyicha besh karra AQSh chempioni. Nakamura 15 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan. Oʻsha paytdagi eng yosh amerikalik grossmeyster edi. Reytingning eng yuqori koʻrsatkichi 2816 ga teng boʻlgan tarixdagi oʻninchi oʻyinchi hisoblanadi.
Nakamura Amerika Qoʻshma Shtatlarini sharafini beshta shaxmat Olimpiadasida himoya qiladi. Jamoaviy hisobda bir oltin va ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2014-yil may oyida FIDE shaxmat boʻyicha tezkor va blits shaxmat boʻyicha rasmiy reytinglarni eʼlon qila boshlaydi. Nakamura ikkala roʻyxatda ham dunyoda 1-oʻrinni egalladi. Shundan buyon reytingning eng yuqori qismini egallab kelmoqda.
Bolaligi va ilk faoliyati
Nakamura Yaponiyaning Osaka prefekturasining Xirakata shahrida dunyoga kelgan. Onasi Kerolin Merrou Nakamura amerikalik klassik musiqachi va davlat maktabi sobiq oʻqituvchisi. Otasi Shuichi Nakamura Yaponiyada tugʻilgan. Nakamuraning Asuka ismli akasi bor. U ikki yoshga toʻlganda uning oilasi AQShga koʻchdi. Bir yildan soʻng, 1990-yilda ota-onasi ajrashishdi. Nakamura yetti yoshida shaxmat oʻynashni boshlagan. Unga shri-Lankalik FIDE ustasi va shaxmatchi Sunil Weeramantri murabbiylik qilgan.
Nakamura 10 yoshida Marshall shaxmat klubida Jey Boninni magʻlub etadi. Shu tariqa xalqaro shaxmat ustasini magʻlub etgan eng yosh amerikalik shaxmatchi boʻldi. Shuningdek, 10 yoshida Nakamura Qoʻshma Shtatlar shaxmat federatsiyasining shaxmat ustasi unvoniga sazovor boʻlgan eng yosh oʻyinchi boʻlib, ilgari Vinay Bxat oʻrnatgan rekordni yangiladi. (Nakamuraning rekordi 2008 yilda Nikolas Nip 9 yoshu 11 oyligida usta unvoniga erishgunga qadar davom etdi.) 1999 yilda Nakamura har yili 13 yoshgacha boʻlgan USCF reytingidagi eng yaxshi oʻyinchiga beriladigan Laura Aspis mukofotini qoʻlga kiritdi. 2003-yilda 15 yoshu 79 kunligida Nakamura shaxmat vunderkindisifatida jahonda tanildi. Shu paytdagi grossmeyster unvonini qoʻlga kiritgan eng yosh amerikalik boʻldi. Bobby Fischerning rekordini uch oyga yangiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org