Hijr surasi




Hijr surasi (arabcha: سورة الحجر, nomining maʼnosi — Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy[8][9]) — Qurʼonning 15-surasi. Makkiy suralardan biri, 99 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 262–267-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 54-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi



Bu suraning mehvari — oʻqi turli asrlardagi paygʻambarlarni yolgʻonchi qilib, ularga qarshi chiqqan osiylarning hammasi halokatga uchraganlari atrofida aylanadi. Shu boisdan sura bunday kimsalarga iymonsizliklarining oqibati xatarli ekanligi haqida tanbeh berish bilan
boshlanadi.

Bu surada burjlarga boʻlingan osmon, hayot kechirish unun moslab yaratilgan zamin,
maʼdan-xazinalarni oʻz bagʻriga olib oʻrnashgan togʻlar, yomgʻirli bulutlarga «homilador»
boʻlgan shamollar zikr qilinib, bularning barchasi Haq taolo tarafidan insonga xizmat
qilish uchun yaratilgani uqtiriladi. Soʻngra Yaratganning amri bilan asli zuvalasi «qora
loy»dan qorilgan insonga butun mavjudot sajda qilganida faqat Iblisgina bu farmonga
boʻyinsunmay kibr-havo qilganini bayon qilish bilan shaytonning insoniyatga nisbatan
boʻlgan adovati to qiyomatgacha davom etishiga ishora qilinadi. Yana bu surada
Allohning paygʻambarlari — Ibrohim, Lut, Shuʼayb va Solih alayhis-salomlarning qissalari
soʻylanadi. Bulardan Solih paygʻambarning qavmlari — Samud qabilasi Hijr (Madina va
Shom oʻrtasidagi vodiy)dan ekanligi zikr qilinib, mazkur suraniig «Hijr» deb
nomlanishining boisi shudir.

Manbalar




HIJR SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz