Hidoyat Inoyatov




Inoyatov Hidoyat (1913 — Toshkent — 1938.5.10) — Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport tashkilotchisi. Yoshlar hamda mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkilotlarda ishladi. Parashyut va planer sporti toʻgaraklari, sport shaharchalari tashkil etdi. Oʻzbek futbolchilarini ilk bor xalqaro miqyosga olib chiqdi. 1935-yil Turkiyaga oʻrtoklik uchrashuvlari oʻtkazish uchun borgan futbol jamoasiga rahbarlik qildi. Respublika jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi muovini (1938). I. ta-shabbusi bilan armiyaga chaqiriluvchi yoshlar oʻrtasida velosipedda yurish (velomarafon) uyushtirildi. 1935-yil 12 maydan — 14 iyulgacha davom etgan bu yurishda 5 kishi (Hidoyat Inoyatov, Yuzef Eyningis, Abduvahob Ibrohi-mov, Abdurahim Xoʻjayev, Vasiliy Sha-lyakin) Toshkent—Jizzax—Samarkand— Buxoro—Chorjoʻy—Termiz—Du-shanba—Oʻsh—Andijon —Xoʻjand — Toshkent yoʻnalishini bosib oʻtdi. Ikki haftadan soʻng shu velomarafonchilar Toshkent—Orenburg—Kuybishev—Penza—Ryazan—Moskva yoʻnalishiga otlanadilar (30 iyul — 13 sent.). Besh oy mobaynida jami 7000 km yoʻl bosib oʻtdilar. Bu tengsiz marafon Oʻzbekistonda velosiped sportining ommalashishiga sabab boʻldi. I. Moskvada oʻtka-zilgan Fizkulturachilar kunida Stalinga suiqasd qilmoqchi boʻlgan, deb ayblanadi va otib tashlanadi. Vafotidan soʻng oqlandi (1958). Toshkentdagi 18-bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga I. nomi berilgan. Namangan viloyati yoʻllari boʻylab yosh velosipedchilarning I. nomidagi xalqaro turniri oʻtkaziladi.

Axbor Imomxoʻjayev.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz