Hidoya madrasasi
Hidoya madrasasi (1991—2015-yillarda
Mulla Qirgʻiz madrasasi ) — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oʻrta-maxsus islom bilim yurti. Namangan shahrida joylashgan.
Madrasa 1991-yilda Mulla Qirgʻiz madrasasida qayta tashkil topgan. 1998-yil Namangan shahar hokimining qarori va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi roziligi bilan bilim yurti Atoulloxon toʻra masjidi binosiga koʻchirilgan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining tashabbusi va 2015-yil 5-dekabrdagi buyrugʻiga asosan nomi Hidoyaga oʻzgartirilgan. 2016-yilda bilim yurti Namangan shahri Oromgoh dahasining Indira Gandi koʻchasi, 1-uyda joylashgan sobiq „Faxriylar uyi“ binosiga koʻchirilgan.
Havolalar
;
.
uz.wikipedia.org