HID BILISH NERVI [pegush o1g’as- 1ogsh8| — bosh miya nervlarinchng 1-jufti. Hidlov reseptor hujayralarining o’simtalari (aksonlar)dan hosil bo’ladi. Bu o’simtalar o’ta nozik nerv tolalariga kiradi. Sut emizuvchilarda (boshqa umurtqalilardan farqli) Hid bilish nervi yaxlit bir tutam bo’lmay bir nechta hidlov ipchalarini hosil qiladi. Bu tolalar g’alvirsimon suyak ko’ndalang (ilma-teshik) plastinkasining teshiklaridan o’tib, burun bo’shlig’iga kiradi va shilliq qavatga tarqaladi. Hid bilish nervining hid qabul qiluvchi resep-torlari burunning shilliq qavatida joylashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish