Hf




Vodorod ftorid , HF - oʻtkir hidli rangsiz gaz. V. f. 19,43° dayoq suyuqpikka aylanadi. Havoda kuchli tutab, uning namligi taʼsirida tomchisimon eritma hosil qiladi. Suyuq holdagi V. f. ning zichligi 991 kg/m3, qaynash temperaturasi 19,43°, suyuqlanish temperaturasi — 83,1°. Suvda cheksiz miqdorda erib ftorid kislota hosil qiladi. V. f. boshqa kislotalardan farqli oʻlaroq kremniy (IV)-okchh bilan reaksiyaga kirishadi:SiO2+4HF=SiF4+2H2OV. f. ning shishalarni xiralashtirishi shu reaksiyaga asoslangan boʻlib, sanoatda undan shishalarga gul va turli belgilar chizishda foydalaniladi. V. f. tabiiy birikma — flyuorit (CaF2) ga konsentrlangan sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. V. f. ftor, sunʼiy kreolit va ftororganik birikmalar olishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz