HESA Hamaseh
HESA Hamaseh (forscha: حماسه) Eron samolyotlarini ishlab chiqarish sanoati kompaniyasi (HESA) tomonidan iashlab chiqilgan. Yuqori parvozga hamda chidamliligiga ega Eronning taktik va razvedka uchun uchuvchisiz uchish apparati (UUA). Hamaseh 2013-yilda taqdim etilgan va 2016-yilda foydalanishga topshirilgan.
Dizayni
Hamaseh — bir dvigatelli, ikkita oʻq otish kallagiga ega UUA. Hamaseh 2016-yilda Eron harbiy texnikalari safiga kirdi.
Hamaseh 185 kg gacha yoqilgʻi, uskunalar va foydali yukni koʻtara oladi hamda konfiguratsiyaga qarab 11 soatgacha uchishga ega. U uchish-qoʻnish yoʻlagi yoki JATO orqali uchiriladi va uchish-qoʻnish yoʻlagi yoki favqulodda vaziyatlarda parashyut orqali qoʻnishni amalaga oshirishga qodir. Hamaseh oʻz parvozini boshqarish uchun oldindan belgilangan yoʻnalish nuqtalarini kuzatishi mumkin. Uning quvvat manbai nomaʼlum.
Hamaseh sintetik diafragma radar, radar yoki aloqa vositalari va kamerani olib yurishi mumkin. Qurollardan, kichik bombalar, granatalar yoki raketalarni olib yurishi mumkin.
Operatsion tarixi
Hamaseh droni 2013-yil 9-mayda taqdim etilgan. Eron mudofaa vaziri Ahmad Vohidiyning taʼkidlashicha, dron „oʻzining yashirin xususiyati bilan dushman tomonidan aniqlana olmasligi mumkin“. Hamaseh taktik uchuvchisiz uchish apparati boʻlishiga qaramay, shuningdek, baland balandlikdagi uzoq vaqt chidamlilikka (HALE) ega ekanligi daʼvo qilingan. Ochilish marosimida Hamaseh oʻq-dorilar bilan „jihozlangan“ edi, lekin ular texnik jihatdan qattiq burchaklari oʻrnatilmagan, qanotlari esa mahkamlangan edi.
"Hamaseh " birinchi marta 2016-yil aprel oyida IRGC quruqlikdagi kuchlari tomonidan harbiy mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan.
2017-yilda HESA Hamasehni eksportga taklif qildi.
Operatorlar
Eron
Texnik xususiyatlari
Umumiy xarakteristika Texnik imkoniyatlari Manbalar
uz.wikipedia.org