Heroes
Heroes (Qahramonlar) Amerika ilmiy-fantastik teleserialidir. Muallif - Tim Kring. Serial NBC telekanalida 2006-yil 25-sentabridan beri efirga uzatiladi. Oʻzbekistonda serial TV-Markaz va NTT kanalida koʻrsatilmoqda.
Serial gʻayritabiiy kuchlarga ega kishilar haqida hikoya qiladi.
Mazmuni
Heroes serialida har bir qahramon hayotidan kichik hikoya koʻrsatilib, umumiy manzara hosil qilinadi.
1-mavsum
2006-yil 23-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsumda turli yerlardagi oddiy odamlar oʻzlarida ajabtovur qobiliyatlar borligini oʻrganishadi. Bu kuch-qobiliyatlarni otasining ishini davom ettirmoqchi boʻlgan Mohinder Suresh ismli hind genetiki tadqiq etmoqchi boʻladi. Ayni damda bu odamlarni „The Company“ („Kompaniya“) deb ataluvchi sirli tashkilot vakili boʻlmish Noah Bennet va Haitilik degan kishilar „ov“lashni boshlashadi. Mavsum voqealari New Yorkda sodir boʻlishi kutilgan yadroviy portlashning oldini olish maqsadi atrofida aylanadi.
2-mavsum
2007-yil 24-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsum Amerika Adiblari Gildiyasi ish tashlashi tufayli kutilganidek 24 qismli emas, balki 11 qismli boʻldi. Ushbu mavsumda xavfli virus pandemiyasiga qarshi kurashish haqida gap ketadi.
3-mavsum
2008-yil 22-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsumda ikkinchi mavsumga kirmay qolgan hikoyalar namoyish etiladi.
Qahramonlar
Havolalar
uz.wikipedia.org