Hermann Weyl
Hermann Klaus Hugo Weyl (talaffuzi: Herman Klaus Hyugo Ueyl; ruschadan kirib kelgan talaffuzi: German Veyl) (1885-yil 9-noyabr — 1955-yil 8-dekabr) — germaniyalik matematik, nazariy fizik va faylasuf. 20-asrning eng nufuzli matematiklaridan biri. Ilgʻor tadqiqotlar institutining aʼzosi. Weyl tadqiqotlari nazariy fizika, shuningdek, matematik fanlar, jumladan, sonlar nazariyasi uchun katta ahamiyatga ega. Olim 1927-yil nisbiylik nazariyasi haqida yozgan „Kosmos, vaqt, materiya“ kitobi uchun Lobachevskiy mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org